Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Baron-2”da Aktyorlar jamoasi yangilanadi

Rejissyor Rustam Sa’diev “Baron-2” filmini suratga olish ishlariga tayyorgarlik boshlab yuborgani haqida xabar bergandik.
Kinoning ikkinchi qismida aktyorlar jamoasi yangilanadi. Filmning birinchi qismidagi aksariyat aktyorlarni voqealar davomida uchratmaysiz. “Voqealar davomidan kelib chiqqan holda “Baron-2”da Ulug‘bek Qodirovning rol ijro etishi rejaga kiritilmagan. U birinchi filmda o‘z ishini bajarib bo‘lgan”, deydi Rustam Sa’diev “Darakchi” jurnalisti Aliya Sulaymanovaga. 
Aktyorlar jamoasi kengayib unda Rossiya kinosan’atining eng ko‘zga ko‘ringan mashhur aktyorlari va Yevropaning mahoratli ijodkorlari bilan hamkorlik qilish rejalashtirilgan. Rollar taqsimoti ssenariy to‘liq tayyor bo‘lgach, amalga oshiriladi.
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan voqealar rivoji to‘xtagan joyidan davom etadi. Bitta jinoyatni fosh etgan bosh qahramon Izzat (Farhod Mahmudov), ikkinchi topshiriqni bajarish bo‘yicha ishga kirishadi. 
“Baron” filmi katta ekranlarga chiqqach uning seriali ham televidinieda namoyish etilishi ma’lum qilingan edi. Ayni kunlarda bu jarayonning tashkiliy ishlari boshlanib, “Baron” seriali 2016 yilning ikkinchi yarimida televidenieda namoyish etilishini ma’lum qildi. 
Ayni kunlarda “Baron” filmining endi suratga olinadigan qismi “qaroqchilar” qo‘liga tushib qolmasligi uchun, bozor rahbariyati va ma’muriyati bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, qat’iy chora-tadbirlar ko‘rish rejalashtirilmoqda.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 14924 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Rustam Sa’diev, Baron, Baron-2
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Asadbek2002 kutib qolamiz
Like | 0
dilaw98 Baron-2 filmi 1 danam zor bosa kere %)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное