Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Soundtreck
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Jumong-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Yoz Ifori-Soundtreck
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

O‘zbek kinosida Sa’dievning navbatdagi ijodiy "portlash"i!

Rustam Sa’diev haqida bugun bir jo‘yali fikr bildirish mumkin: “U hamkasblaridan bir necha qadam oldinda!”.
Qo‘l uchida film yaratmaydi. Originallik va omma talabiga mos mavzu uning faoliyatida asosiy o‘rinda turadi. “Xontaxta”likdan esa allaqachon voz kechgan.
“Sotqin” bilan bog‘liq shov-shuvlar esa hanuz trendda. O‘zbek kinosida hali biron kartina bu qadar katta qiziqish bilan tomosha qilinmagan. “Sotqin”ni “qaroqchi” urib, ommaga tarqab ketgani mayli, biroq, uning talash - “pirat” disklarning qo‘lma-qo‘l bo‘lgani rejissyor ijodiga bo‘lgan katta e’tibordan darak. Ma’lumotlarga ko‘ra, “youtube” internet kanalida “Sotqin” 25 kun ichida 1.000.000 dan ortiq marta tomosha qilingani esa sensatsiya! Bunday ko‘rsatkich ham o‘zbek filmlari orasida ilk bor kuzatildi.
Xullas, “Sotqin” kutilganidan ortiq natijaga erishdi. Film mohiyatini xalqqa yanada yaqinroq tanishtirish bobida ham amaliy vazifalar samarali tarzda ado etildi. “Sotqin” ijodkorlari bilan respublikamiz bo‘ylab qirqqa yaqin uchrashuvlar o‘tkazildi. Yuzma-yuz muloqotda kinotomoshabinlar o‘zlarini qiziqtirgan eng shov-shuvli savollarga javoblar olishdi.
Yangi muvaffaqiyatlardan ruhlangan Sa’diev navbatdagi loyihasiga kirishib ketdi.
Rejissyorning aytishicha, yangi kartina ham tomoshabinlar ma’naviyatiga zarur ozuqa manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Ishchi nomi “Paxan” - yangi kartina aktyorlar guruhini o‘zbek kinosining eng yirik talantlari va dunyo kinematografiyasining yorqin yulduzlari tashkil etadi. Ayni paytda ulardan bir nechtasining kimligi ma’lum bo‘ldi: “Sotqin” orqali “yangidan tug‘ilgan”, ulkan shuhrat qozongan aktyor Javohir Zokirov, qizlarning yoqimtoyi Ulug‘bek Qodirov hamda Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, “Brigada” seriali orqali minglab muxlislar orttirgan Farhod Mahmudov!
Ma’lumotlarga qaraganda, “Paxan”da Hollivud filmlarida rol talqin etgan mashhur aktyorlardan biri ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda mashhur aktyor bilan kelishuv-muloqoti olib borilmoqda. Uning kimligi haqida sir tutishimiz iltimos qilingani bois ham va’daga vafo qilishga majburmiz. Biroq, aniq kelishuvga erishilganidan so‘ng albatta sirli aktyor ismini eng birinchilardan bo‘lib oshkor etamiz.
Kuzatib boring! Eng shov-shuvli ma’lumot va faktlar hali oldinda!
Jasur HAMROYEV


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4748 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: portlash, UZBEK FILM, Rustam Sa’diev, Sotqin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Azamat4846 To'g'ri "Sotqin" filmi zo'r chiqqan. Etgancha Filmda bow rolli Farruh Soipovam ijro qiganu u yozilmabdi
Like | 0
dj_dance Yengi kinolardan kutib qolamiy undan
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное