Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Davr, zamon ogohlikka chaqiradi! Siz qay darajada ogohsiz?

“Sotqin” - hozirgi kundagi global mavzu – diniy aqidaparastlikka o‘zbek kinoijodkorlarining real yondoshuvidir. Yoshlar tafakkurini chalg‘ituvchi turli diniy oqimlar va ularning ta’siriga tushib qolishdan ogohlikka chaqirish, uzoq va yaqin atrofda kechayotgan murakkab jarayonda hushyor va sog‘lom aql bilan mushohada yuritishga chorlash - “Sotqin”ning bosh maqsadidir.
“Sotqin” namoyishini boshladi. Premeradan keyin “Zamonaviy o‘zbek kinosidagi ilk mukammal kinoasar” ta’rifini olgan kartina haqida yangi mulohazalar va fikrlarni bo‘lishishni lozim topdik.
«Chinor ostidagi duel», «Suyunchi», «Abdullajon», «Armon», «Chol va nabira» kabi o‘zbek kinosi durdonalariga aylangan filmlar ssenariy muallifining navbatdagi “oltin” ishi – “Sotqin”dir. Rixsivoy Muhammadjonov – o‘zbek kinosi bilan yashayotgan ijodkor! Uning sochlari kasbida oqardi, chuqur ijodiy o‘ylov, yangi fikrlar uning yuziga ajinlar soldi, biroq, qalbiga yillar rahna sololmadi. Uning ssenariy yozishdagi katta sirlari ham shunda bo‘lsa kerak: qalbi yosh, yuragi jo‘shqin, hissiyotlari butun! “Sotqin” ssenariysini yaratishda u tafakkur va yurak kechinmalariga bir paytning o‘zida quloq tutdi. Shu sabab, mukammallikka erishildi.
“Sotqin” o‘zbek kinosida burilish yasay olishiga umid qilgandik. Ha, umidimiz chinga aylandi. Yangi kartina ko‘plab rejissyorlarni hayratlantira oldi. O‘zbek kinoijodkorlari filmlarda dadil fikrlarni, tomoshabin kutgan gaplarni  ayta olish mumkinligini shu birgina kartina misolida anglashdi.
Ulug‘bek Qodirov (MXX xodimi rolida):
-“Sotqin”dagi rolim kinodagi jiddiy va esda qolarli rolim bo‘ldi deb o‘ylayman! Rustam Sa’dievning esa o‘zbek kinosidagi eng jiddiy filmi. To‘g‘ri, bu rejissyor kassabop va ommabop ko‘plab filmlar ijodkori. Biroq, “Sotqin” uning rejissyorlik bobidagi eng tahsinga arzigulik ishidir va bunday “yirik” filmlar yaratishda ildam borishiga tilakdoshman.
Javohir Zokirov: Rustam Sa’diev ijodiga shu paytgacha jiddiy qaramaganman. Biroq, bu filmdagi ishtirokim meni aktyor sifatida qaytadan kashf etdi. “Sotqin” – Sa’dievning “oltin” filmlaridan biri. Rolimni shu qadar ishtiyoq bilan ijro etdimki, gonorar ko‘zimga ko‘rinmadi.
Rustam Sa’diev: Nazarimda, har bir o‘zbek rejissyorining “O‘zbekfilm” kinostudiyasida film yaratish orzusi bor. Bu orzuim ro‘yobga oshgani esa meni hammadan ko‘ra baxtiyor etdi. Axir, o‘zbek kinosining eng buyuk darg‘alari aynan shu kinostudiyada tarixga muhrlangan kinoasarlar yaratgan. “O‘zbekfilm”da yaratgan ilk kartinam elimiz qalbiga yo‘l topa olsa, demak, rejissyor sifatida mehnat qilayotganim, peshona terim haloldir. Shu paytgacha, xususiy kinosektorda bir necha kartinalar yaratishga muvaffaq bo‘ldim. Har ishimda yuragimning bir parchasi mujassam. Biroq, “Sotqin”ni yaratishdagi mas’uliyat  shuncha payt yondoshilgan mas’uliyatlar jamini ortda qoldiradi. Rixsivoy Muhammadjonovdek o‘z ishining ustasi, ssenariy bobidagi “geniy” bilan hamkorlik esa meni har qachongidan-da ruhlantirdi. Rixsivoy aka biz yoshlar bilan ishlab, yanada yashargan bo‘lsa, biz u kabi fidoyi ijodkorlar ila ulg‘aydik. “Sotqin” ijodiy jarayonni mukammallashtirishga sabab bo‘ldi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ayni paytda poytaxt kinoteatrlarida katta shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan “Sotqin” yaqin kunlarda viloyatlardagi katta ekranlar bo‘ylab, sayohatini boshlaydi. O‘zbek kinosidagi davomiyligi eng uzoq film (2 soat 20 daqiqa) tomoshabin zerikishidan xoli. Sabab bitta: bu film uzoq kutilgan haqiqatlarning real aksidir! O‘ziga xos film yaratish bobida yangilik bo‘la olgan “Sotqin” kinoidustriyaning moliyaviy rivojlanishida o‘ziga xos yangi qadam boshlab berdi: filmlar kinoprokatidagi chipta narxi 5000 so‘mdan 7000 so‘mga oshdi. Bu esa endi filmlar sifati borasida yanada jiddiyroq o‘ylash bongidir! 7000 so‘mga chipta xarid qilgan tomoshabin namoyishdan rozi bo‘lib, kinoteatrni tark etib, yana qaytib kelishi uchun buyog‘iga “qo‘l uchida” yaratilgan filmlar “nayrang”i o‘tmaydi.
“Sotqin”! Ortiqcha ta’rif ortiqchalik qiladi. Shunchaki tomosha qiling va kinomizdagi katta o‘zgarishga o‘z ko‘zingiz bilan guvoh bo‘ling.
Jasur HAMROYEV 


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5144 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Sotqin, ogohlik, zamon, Davr
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
5558180 tarona netda birinchilardan bo'lib chiqadi degan umiddamiz keyin ko'chirib olardik.
Like | 0
sabinAA NOMI BIRAM SOVUQ AY
Like | 0
ADMINISTRATOR Chiqsa kuramiz
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное