Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Pazanda - Im Loving You
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Qaxvaxona - soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Manchesterda terakt yuz berdi, 19 kishi halok bo‘ldi. Asosiy ma’lumotlar



22-may oqshomida Manchester shahrida Ariana Grandening Manchester Arena yopiq stadionida tashkil etilgan konserti vaqtida portlash yuz berdi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar tan jarohati olgan. Meduza nashri hodisa yuz bergan dastlabki soatlardagi tafsilotlarni bir sahifaga jamladi.
Portlash haqidagi axborot mahalliy vaqt bilan soat 22:35 da (Toshkent vaqti bilan 02:35 da) kelib tushdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash (yoki ikkita portlash) ovozi konsert tugashi bilan yangragan. Manchester Arena’da olingan ko‘plab videoyozuvlarda odamlar vahimada zalni tark etishga urinayotgani aks etgan.

Kamida 19 kishi halok bo‘lgan, 50 kishi jabrlangan. Politsiya qurbonlar haqidagi rasmiy axborotni hodisa yuz berganidan ikki yarim soat o‘tib e’lon qildi. Bungacha AQShning NBC News telekanali manbalarga asoslanib kamida 20 kishi halok bo‘lgani va “yuzlab odamlar” jarohatlangani haqida xabar bergan edi; guvohlar yerda cho‘zilib yotgan 20 nafardan 30 nafargacha odamni ko‘rganini aytgan. Konsertda jami qancha odam bo‘lgani hozircha aytilmayapti; Manchester Arena o‘z bag‘riga 21 ming tomoshabinni sig‘dira oladigan Yevropadagi eng katta yopiq stadionlardan biridir.

Portlash zalning o‘zida bo‘lmagan. Transport politsiyasining ma’lum qilishicha, portlash stadion foyesida yuz bergan, Manchester Arena ma’muriyati esa hodisa “inshootdan tashqarida, jamoat makonida” yuz berganini ta’kidlamoqda. Portlash sabab shaharning asosiy temiryo‘l stansiyalaridan biri, arena yonidagi Manchester Victoria bekati yopilgan.

Tergov hodisani terakt sifatida ko‘rib chiqmoqda. Politsiya vakillarining ma’lum qilishicha, rad etuvchi boshqa dalillarni topa olishmasa, aynan terakt versiyasi ustuvor bo‘lib qoladi. NBC News va Reuters’ning manbalari esa terrorchi-xudkush bilan bog‘liq versiya o‘rganib chiqilayotganini bildirgan. ABC News manbasining ma’lum qilishicha, portlovchi uskuna mixlar bilan to‘ldirilgan bo‘lgan.

Konsertda ko‘plab bolalar va o‘smirlar bo‘lgan – xonandalik va aktrisalik faoliyatini bolaligidayoq boshlagan 23 yoshli Ariana Grande asosan yoshlar orasida mashhur. Portlashdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ota-onasi bilan konsertga kelgan bolalarning yo‘qolib qolgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan. Xonandaning o‘zi esa, uning vakillari bergan ma’lumotga ko‘ra, portlash oqibatida jabrlanmagan.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3156 | Рейтинг: 0| Рейтинг: portlash, Ariana Grand
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное