Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Manzura birinchi imtihonini a’lo darajada uddaladi. Konsert tafsilotlari

Qishning ayozli kunlarida o‘z muxlislari va tashrif buyurgan barcha tomoshabinlar uchun bahoriy kayfiyatni ulasha olgan xonanda Manzura bugun o‘zining ilk yakkahon konsert dasturining birinchi kunini olqishlar bilan o‘tkazdi. Tasanno... Bu so‘zni bemalol ayta olamiz. Sababi, biz uni bugun haqiqiy ma’noda iste’dodli ijodkor sifatida yana bir bor kashf qildik.
Minglab tomoshabinni o‘z bag‘riga chorlagan “Istiqlol” San’at saroyi bugun yanada yorqin nurlarga va fayzga to‘ldi. Zarpardalar ko‘tarilib sahnada bugungi bayramning sababchisi Manzura paydo bo‘lganida ishonchimiz komilki konsertga tashrif buyurganlar bekor kelmaganliklariga amin bo‘ldilar. Chunki dasturning avvalidan tomoshabinni o‘ziga bog‘lab turuvchi fayz bor edi.
Sahna qizil atirgullar bilan bezatilgan bo‘lib har bir qo‘shiq aytilganida ma’lum bir dekoratsiya detallari o‘zgarib turdi. Ikkinchi va uchinchi bloklarda esa sahna ko‘rinishi umuman hech kim kutmagan holda namoyon bo‘ldi.
Manzura o‘n sakkiz yillik ijod yo‘lida yaratgan, ular ichidan eng saralanganlari, barcha xit bo‘lgan taronalari qatorida yangi kompozisiyalarini ham muhlislari uchun taqdim etdi. Buning ustiga har bir tarona uchun sahnadagi raqqos va raqqosalar bilan birgalikda professional tarzda o‘zi ham hirom ayladi.
Xonandaga konsert dasturida yaqindan yordam bergan hamda qo‘llab kuvvatlagan do‘sti, qolaversa bugungi dasturning tashkilotchisi va bosh rejissyori Davron Kabulov, mahoratli boshlovchi Akmal Mirzo va Jahongir Poziljonovlarning sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarni kayfiyatini yanada ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Konsertning eng esda qolarli nuqtasi esa farzandning ota onasiga aytgan dil izhori bo‘ldi. Tahminan beshinchi qo‘shig‘ini yakunlab zaldagi barcha chiroqlarni yoqishligini istagan xonandaning gaplaridan avvaliga hamma hayron edi. Keyin esa samimiy ohang bilan otasiga qarab bolalik davridagi lahzalarni eslagan honandaning ko‘zlariga yosh qalqidi. Shu muqaddas sahnada bugun san’atkor bo‘lib kuylayotgani, uni dunyoga keltirgan insonlar sabab ekanligini aytib ularni tabrikladi. Bu gaplardan so‘ng zalda o‘tirgan mehmonlarning ko‘ziga yosh ham keldi. 
Yana bir narsani aytib o‘tish joiz Manzura o‘zining ilk balog‘at yoshidagi ijodiy imtihonini hayajonlarga to‘la ammo haqiqiy ma’noda samimiy a’lo baholarga topshira oldi. Biz unga yana qolgan ikki kun davomida kuch quvvat va omad tilaymiz.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4265 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: konsert, Manzura
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
guli101192 Ha omad ijodiga
Like | 0
Don9498 Manzuraga omad yor b6lsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное