Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Kuz ertagi-soundtreck
. TisMarHan-soundtreck
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Qirolicha - Soundterck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Zerda - Soundtreck
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Manzura kalta "shorti"si bilan bog‘liq gap-so‘zlarga nuqta qo‘ydi

“Qalampir” loyihasi o‘z ishini boshlaganida ko‘pchilik yangi teleko‘rsatuv bo‘lsa kerak, deb taxmin qilgan edi. To‘g‘ri, ijodiy guruhimizda ko‘rsatuv tayyorlash fikri avvaldan bo‘lgan, biroq bugungi odatiy ko‘rsatuvlardan biroz boshqacharoq, kundalik savollardan qochgan holda taniqli shaxslar, estrada va kino olamining ko‘zga ko‘ringan vakillariga eng tanqidiy savollar bilan murojaat qilishni maqsad qilgan edik. Bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda “Qalampir” ko‘rsatuviga start berildi. Ko‘rsatuvni jurnalist Qamariddin Shayxov va aktrisa Shahzoda Muhammedova olib borishadi. Uning ilk tasvirga olish jarayonlari 29 fevral kuni Toshkentdagi “Marmaris” restoranida bo‘lib o‘tdi. Dastur mehmoni esa “Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Manzura Yo‘ldosheva bo‘ldi.

Ikki boshlovchi Manzuraga tanqidiy savollar bilan murojaat qilishar ekan, jon achchig‘ida ko‘rsatuvni tashlab ketish mumkin emas, deb Manzurani alohida ogohlantirishdi. Xonanda berilgan har qanday tanqidiy savollarga fikrini jamlab, o‘ta bosiqlik bilan javob berishga harakat qildi.

“San’atkor qizlar kiyinish, soch turmagida ko‘pincha yoshlarga o‘rnak bo‘lishadi. Ko‘plar ularga qarab modani o‘rganadi. Ming afsuski, kalta “shorti”lar ochiq-sochiq liboslar bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib qolayotgan san’atkorlar ham yo‘q emas. Sizning kalta “shorti”dagi suratlaringiz ham rosa muhokama qilingan edi”, – degan savolga xonanda quyidagicha javob berdi:

— Men kalta “shorti”ni sahnaga kiyib chiqayotganim yo‘q-ku. Xorijga sayohatga borganimda dengizda shu “shorti”da cho‘mildim, cho‘milish kiyimini kiyishni o‘zimga ep ko‘rmadim. Holbuki bunday “shorti”larni butun dunyoda tennischi qizlar kiyishadi. Men ham tennis mashg‘ulotlariga qatnaganman va bu libosni juda qulay deb bilaman. Odamlarga muhokama qilish uchun mavzu topish juda oson bo‘lib qoldi. So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotgan oddiy suratlarimizga ham shu qadar qo‘pol izohlar keladiki, hayratdan yoqamni ushlayman. Faqat yuz qismimni suratga olib internetga joylashtirsam, libosimni ko‘rsatmasam ham ba’zi sinchkov foydalanuvchilar shu rasmlardan ham ayb topishadi. Oxirgi vaqtlar bu gaplarga ahamiyat bermay qo‘ydim.
— Kalta shortilardagi suratlaringizga otangizning ko‘zi tushsa, ulardan uyalmaysizmi? 
— Yo‘q. Nega uyalishim kerak? Nimaga tushunishni istamayapsiz, bunday “shorti”larni kiyib tennischilarimiz TVlarga chiqadi, axir. Men faqat dengiz bo‘yida kiyganman, xolos. Otamga kelsak, ular odamlarning gap-so‘zi bilan yashaydigan inson emaslar, san’atni juda yaxshi tushunadilar. Otam bolaligimizdan opamga ham, menga ham tog‘ yon bag‘rlarigami yoki biror quyosh tik tushadigan joyga borganimizda iloji boricha oddiy mayka, “shorti”larda quyosh tagida ko‘proq bo‘lishimizni, shunda “D” vitaminiga to‘yinishimizni aytar edilar. Haligacha dadamning bu gaplariga amal qilaman. Agar ko‘cha-ko‘yga chiqib ketayotganimda kiygan kiymim kalta bo‘lsa, dadam “Manzura egningga uzunroq narsa tashlab ol”, – deb aytadilar, xolos.

Xonanda Manzura Yo‘ldosheva suhbat davomida faqat birgina savolga javob berishni istamadi. Bu qanday savolligiga qiziqyapsizmi? Qizg‘in suhbatni tez orada saytimizning “Online TV” bo‘limida tomosha qilishingiz mumkin.

 
Dastur hamkori “Ko’zgu” foto va videostudiyasi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9757 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Manzura
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Azamat4846 Bir tomondan Manzura tori etvotti u sahnaga kiyb ciqmaganu dengizda kiygan. Agar comiliw kiyimini kiyganida unda vawwe gaprvorwarkande odamla
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное