Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Qirolicha - Stakan Version
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Ishq Jodusi - All I want
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Osiyo-Soundtreck
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Klon-soundtreck
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Mart oyida Rossiyada GM Uzbekistan’ning 1677 mashinasi sotildi

O‘tgan mart oyi mobaynida Rossiyada GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan 1677 mashina sotildi. Xaridlar bobida O‘zbekiston avtomobilsozlari Rossiya bozorida hisobot davrida 19-o‘rinni egalladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz” Yevropa biznesi uyushmasi avtomobilsozlar qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib.
Fevral oyiga nisbatan o‘sish 5,7 foizni tashkil qildi — o‘shanda jami 1586 mashina sotilgan edi. O‘tgan yilning mart oyiga qiyoslaganda esa (1757 avto) ko‘rsatkich 4,6 foizga tushib ketdi.
2016-yilning birinchi choragida Rossiya bozorida GM Uzbekistan jami 4532 avtomobil realizatsiya qildi. Bu 2015-yilning shu davriga nisbatan (5411 avto) 16,2 foizga kam demakdir.
Gentra GM Uzbekistan’ning Rossiyada eng ko‘p sotilayotgan modeli bo‘lib qolmoqda — martda 1162 (o‘tgan yil martida — 1181 dona yoki 1,6 foizga ko‘proq), chorak davomida esa 3308 bunday mashina sotildi (o‘tgan yil birinchi choragida — 3090 dona yoki 7 foizga kamroq). Rossiya bozoridagi eng xaridorgir modellar ro‘yxatida Gentra 25-o‘rinni saqlab qoldi.
GM Uzbekistan’ning Rossiya bozoridagi ulushi o‘tgan yil ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘zgarishlarsiz qoldi — mart oyida 1,3 foiz, birinchi chorakda esa 1,4 foiz.


Manba:daryo.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 4460 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rossiyada GM Uzbekistan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное