Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Merilin Monroning Nyu-Yorkdagi uyi sotiladi
Odatda mashhur shaxslar yashagan uylar muzeyga aylantiriladi. Biroq aktrisa Merilin Monro yashagan Nyu-Yorkdagi xonadonning hozirgi egalari mo‘may daromad maqsadida uyni 3,05 million dollarga sotuvga qo‘ygan. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Merilin Monro turmush o‘rtog‘i, yozuvchi Artur Miller bilan yashagan xonadon 14 qavatli uyning 13 qavatida joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 200 kv metrni tashkil etadi. Uy  mehmonxona, uchta yotoqxona va kutubxonani o‘z ichiga olgan. Brokerlarning fikricha 1927 yilda barpo etilgan binodagi xonadon uchun bu narx juda qimmat. Ammo uyning hozirgi egalari Monro yashagan xonadon qimmatroqqa sotilishiga ishonmoqda. Ular bu xonadonni bahordayoq sal kam 4 millionga sotish istagida bo‘lgan, ammo endilikda ular 3,05 millionga qanoat qilmoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, Merilin Monroning haqiqiy ismi Norma Jin Mortenson bo‘lib, u 1926 yilning 1 iyun kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida tug‘ilgan. Monro 1945 yilda modellik agentligi bilan shartnoma tuzadi, 1946 yildan filmlarda suratga tushishni boshlaydi. XX asrning 50-60 yillarida Merilin Monro AQSH kino olamida eng yorqin yulduzlardan biriga aylanadi. 

Monro uch marotaba oila qurgan bo‘lib, Artur Miller bilan 1956 yildan 1961 yilgacha birga hayot kechirgan. Yozuvchi Merilinning uchinchi turmushi edi. 

Aktrisa 1962 yilning 5 avgust kuni 36 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga tinchlantiruvchi dorilarni me’yoridan ortiq ichishi sabab bo‘lgan.

Boyvuchcha xonimning farzandi bo‘lmagan. Ikki marta homilasi nobud bo‘lgan. Shifokorlarning taxminicha, Monro ko‘p bor abort qildirgani sabab keyinroq o‘zi istasa ham farzand ko‘ra olmagan.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 990 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sotiladi, uyi, Nyu-York, Merilin Monro
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное