Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQShda bir-biriga juda ham o‘xshash uch egizak dunyoga keldi

Nyu-York shahridagi Jeyson va Kelli Fenlilar oilasida bir-biriga aynan o‘xshash uch egizak - Maylza, Noa va Ouena Fenli dunyoga keldi.
Uch egizakning ikki yoshli akasi Eyden ularning barchasini bitta ism bilan chaqirishga qaror qildi. Egizaklar muddatidan 2 oy oldin tug‘ilishdi, deya yozmoqda forumdaily.com.
Hali dunyoga kelishiga olti hafta bo‘lgan go‘daklar mo‘’jiza tufayli yashab qolishdi. Bunday baxt faqatgina 50 mln go‘dakdan biriga nasib qiladi. Ularning vazni tug‘ilgan paytida 1,3 kg ni tashkil etgan bo‘lsa ham, hozirda bolalarning salomatligi joyida.
Bolalarning 38 yoshli otasi Jeyson Fenli advokat bo‘lib ishlaydi. 33 yoshli onasi esa alohida e’tibor talab qiluvchi bolalarga maktabda saboq bergan. E’tiborlisi, bolalar bir-biriga shu qadar o‘xshaydiki, ularni ajratish uchun ota-onalari tirnoqlarini turli xilda bo‘yab qo‘yishdi. Egizaklarning kiyimlari ham uch xil rangda.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 7181 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: AQSH, egizak, Nyu-York
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Nigow771 Alloh umri bn bergan bolsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное