Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Microsoft 12 dyuymli Surface Pro 3 planshetini taqdim etdi

20-may kuni Nyu-Yorkda Microsoft kompaniyasi Surface Pro uchinchi avlod planshet kompyuterini taqdim etdi. U avvalgilaridagi 10,6 dyuym o‘rniga, 12 dyuymli ekran bilan ta’minlandi.

Microsoft’ning Surface planshetlari bo‘yicha vitse-prezidenti Panos Panay aytishicha, Surface Pro 3’ni ishlab chiqishda kompaniya noutbuk va planshet tanlovi o‘rtasidagi muammoni hal qiladigan, har ikkalasining o‘rnini bosadigan qurilma yaratishni xohlagan.

Yangi planshet Surface Pro 2’ga qaraganda kattaroq displeyga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, uning og‘irligi, aksincha, kamaydi (Surface Pro 2 – 907 gramm, Pro 3 – 800 gramm). Bundan tashqari, avvalgi 10,8 mm o‘rniga 9,1 mm qalinlikka ega bo‘ldi.

Planshetdagi yangiliklardan yana biri shundaki, "uy” tugmasi gorizontal emas, vertikal panelda joylashdi. Surface Pro 3 Windows 8.1 Pro platformasida ishlaydi, ikkita 5 megapikselli kameraga ega. Intel Core to‘rtinchi avlod protsessori, 4 – 8 Gb tezkor, 64 – 512 Gb ichki xotiraga ega.

Surface Pro 3’ning minimal narxi AQShda 799 dollarni tashkil etadi, bu o‘tgan yilgi Surface Pro 2 minimal narxidan 100 dollarga arzondir. Biroq konfiguratsiyalarga qarab, uning qiymati 1949 dollargacha yetishi mumkin. AQShda planshetlarga oldindan buyurtma 21-maydan boshlanadi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2288 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Microsoft
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное