Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Microsoft Nokia’ni 7,2 milliard dollarga sotib oladi

Microsoft dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi kompaniyasi Nokia’ning mobil telefonlar chiqarish bilan shug‘ullanadigan bo‘limlarini sotib olish haqida kelishuvni amalga oshirdi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar beradi.

Microsoft mobil biznes uchun 5 milliard dollar, patentlar uchun 2,17 milliard dollar to‘lashi kerak. Kelishuv kelasi yilning birinchi choragida bitishi ko‘zda tutilgan.

Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi matbuot xizmatining ta’kidlashicha, kompaniya bosh direktori Stiven Elop Microsoft’ning vitse-prezidentiga aylanadi. Bir vaqtning o‘zida u mobil qurilmalar bilan ham shug‘ullanishda davom etadi.

Microsoft va Nokia ikki yildan buyon yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. 2011-yilda ular orasida imzolangan bitimga ko‘ra, Finlyandiya kompaniyasi Windows bazasidagi Nokia Lumia smartfonlarini chiqargan bo‘lsa, Windows qurilmalar uchun mobil dasturiy ta’minotining yetkazib beruvchisiga aylangan edi.

So‘nggi yillarda Nokia’ning mobil qurilmalar bozoridagi nufuzi ancha pasaydi. Raqiblari — Apple va Samsung kompaniyalari iOS va Android operatsion tizimlarida ishlovchi smartfonlarini ishlab chiqarayotgan bir paytda Nokia Windows bazasidagi telefonlarni rivojlantirmoqda.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2281 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Damir_95_ Zorku
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное