Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Mirza Azizov Muqimiy teatri direktori etib tayinlandi

O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissor Mirza Azizov Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatri rahbari etib tayinlangani tasdiqlandi. Bu haqda “Qalampir.uz”xabar berdi.
Bir necha kun muqaddam tarqalgan ushbu xabar rasman tasdig‘ini topmay kelayotgan edi. Ammo, aytilishicha, 10-mart kuni Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” nomli targ‘ibot tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumaniga O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov ham tashrif buyurgan. Anjumanga raislik qilayotgan Yoshlar madaniyat va san’at markazi rahbari Jamoliddin Uzoqov Mirza Azizovga so‘z berar ekan, uni O‘zbek davlat musiqali teatrining direktori deb tanishtirgan.
Mirza Azizov 1963-yil 22-mayda Namangan viloyatining Chust tumanida tavallud topgan. 1987-yilda hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tugatgan aktyor 1992–1997-yillarda O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshevga shogird bo‘lgan. 1999-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2015-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonlarini olgan.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4319 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mirza Azizov, Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Asem989 Oo tabriklaymiz
Like | 0
jamshid90 bu okamiz direktrlikga eng munosib odamda ijodiga gap yoq
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное