Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Mo‘min Oripovning turmush o‘rtog‘i Kamola Oripova do‘kon ochdi

“Bojalar” guruhining marhum vakili Mo‘min Oripovning turmush o‘rtog‘i Kamola Oripova kuni kecha eri ilk bor sovg‘a qilgan “otkritka”ning suratini Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylab, turmush o‘rtog‘ini xotirlagan edi.
Bir necha yillardan buyon Kamola Oripova hunarmandchilik bilan shug‘ullanib, ayollar uchun sirg‘a, uzuk, zebigardon, soch turmagiga mo‘ljallangan turli taqinchoqlar yasash bilan shug‘ullanib keladi. U ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘lda yasaladigan noyob buyumlar va sovg‘a-salomlar do‘konini ochganini ma’lum qildi.

“O‘zim O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlaganman. Lekin negadir o‘z sohamda ishlamadim. Har bir insonning ichida yaratuvchanlik qobiliyati bo‘ladi. Kimdir uni yuzaga chiqaradi, kimdir esa yo‘q. Men bundan 3 yil avval oddiygina ziraklar yasashga qiziqib qolgandim. Tan olaman, birinchi ishlarim unchalik yaxshi chiqmagandi. Keyinchalik bu yo‘nalishda juda ko‘p narsa o‘rgandim. Yasagan narsalarim odamlarga yoqib, rahmatlar eshitganimda xursand bo‘lardim. Chunki kimdir sizning ko‘z nuringiz ketgan mehnatingizdan bahra olyapti. Men yasagan narsalarimni hatto, chet eldagi o‘zbeklarimiz buyurtma qilib olib ketishganidan xursand bo‘laman. Mana endi sizlarga bir yangilikni aytish fursati yetdi. Toshkentning JAR stadioni yonidan o‘zim uchun do‘kon ochdim.

Bugun mening qilayotgan ishlarimni kuzatib turgan Mo‘min akamning ham ruhlari shod, menimcha”, – deb yozadi Kamola Oripova.

Kamola Oripova tayyorlagan mahsulotlar ijtimoiy tarmoqlarda “BMK” nomi bilan juda mashhur bo‘lgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyev, xonandalar Shahzoda, Nilufar Usmonova, Manzura Yo‘ldosheva, Madina Mumtoz, Amira Alibekova kabi ko‘plab taniqli san’atkorlar Kamola Oripova yasagan taqinchoqlardan kliplar va fotosessiyalarda foydalanishgan. Bugun uni Instagram’da 56 mingga yaqin foydalanuvchi kuzatib kelmoqda.

“Qachonlardir o‘zim boshlagan ish bilan shunchalik muvaffiyatga erishaman, deb o‘ylamagan edim. Taniqli san’atkorlar, modellar va raqqosalar dunyoga mashhur brendlarning taqinchoqlari turganda, menikini tanlashlari – mehnatlarimning yuzaga chiqqanidan dalolat”, – deydi Kamola Oripova.

Ma’lumot uchun, “Bojalar” guruhining marhum vakili Mo‘min Oripov 2009 yilning 28 iyunida avtohalokat sabab olamdan o‘tgan edi. Mo‘min hamda Kamolaning bitta o‘g‘li bor.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 13802 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Kamola Oripova, Mo‘min Oripov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
azizam1224 Omadlarini bersin xudo xoxlasa dokonlariga boraman :p
Like | 0
Sadiya Omadizzi bersin...
Like | 0
ja1995 gapyuq klass bu ayol turmushga chiqmaganm?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное