Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Moskvada IShIDning 20 nafar yollovchisi hibsga olindi

Moskvada IShID terrorchilik guruhi bilan aloqasi borlikda gumon qilinayotgan 20 ga yaqin kishi hibsga olindi. Bu haqda 30 martda huquq-tartibot muassasalaridagi manba RIA “Novosti” axborot agentligiga ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hibsga olinganlar Moskvada jangarilikka yollash bilan shug‘ullangan. Ayni vaqtda agentlik bu xabarning rasmiy tasdig‘iga ega emas.
"Interfaks" ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar Turkiya fuqarolari bo‘lib, ularning yonidan qalbaki hujjatlar topilgan. Ayni vaqtda ularning xalqaro ekstremistik va terrorchilik tashkilotlariga aloqasi borligi tekshirilmoqda.
Maxsus xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, IShIDda Rossiya va Yevropada teraktlar uyushtirishga tayyorgarlik bilan shug‘ullanuvchi maxsus bo‘lim mavjud bo‘lib, unga "Bir qo‘lli" laqabiga ega Axmed Chetaev boshchilik qiladi. Bu bo‘lim asosan shimoliy kavkazliklardan iborat.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2940 | Рейтинг: 0| Рейтинг: IShID, moskva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное