Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

MTS o‘rniga ochilayotgan yangi operatorga 2,5 million telefon raqami ajratiladi

Tarkibiga MTS OAJ kirishi kutilayotgan Universal Mobile Systems (UMS) MChJning raqamlar hajmi o‘z faoliyatining boshida 2,5 milliondan iborat bo‘ladi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lumotiga tayanib, Gazeta.uz xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi UMS’ga ilk faoliyatini olib borishi uchun 2,5 million abonent raqami ajratdi. Ulardan 1,5 millioni Toshkent aholisi uchun berilgan bo‘lib, qolgan raqamlar O‘zbekiston viloyatlari bo‘yicha taqsimlangan.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tomoni MTS bilan birgalikda qo‘shma korxona tuzish va O‘zbekiston bozorida Rossiya kompaniyasi faoliyatini tiklash to‘g‘risidagi shartnomada qayd etilgan barcha jarayonlarni yakunlagan. Xususan, mazkur aloqa operatoriga 2G/3G/LTE litsenziyasi, chastota, raqamlar sig‘imi taqdim etilib, aloqa kanallari ijarasi bilan ta’minlangan.
Eslatib o‘tamiz, 16-sentabr, seshanba kuni Rossiya tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markin MTSni nazorat qiluvchi “Sistema” aksiyadorlik moliyaviy korporatsiyasi rahbari Yevtushenkovning pul mablag‘larini “yuvish”da ayblanganini ma’lum qilgan.
Xabar berilganidek, Vladimir Yevtushenkovning hibsga olinishi O‘zbekistonda Universal Mobile Systems qo‘shma korxonasi tashkil etilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.


Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 7451 | Комментарии: 8 | Рейтинг: 1| Рейтинг: MTS, UMS
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 8
sakinaw Ciqarila yozuvimi admin shunaqayam bolami bilaynda 100 megabaytga 1soat gaplashardimu
Like | 0
sakinaw Bomapti ums odamla yangi sim karta oldim ichida1;5 dollar puli 100 megabayti bor edi internetan skaypta 8minut gaplashodim megabaytim ham pulim ham tugapti nima degan gap bu
Like | 0
jamshid000 Siz vahliro borinde nomer ogani hammaga chiroyli nomerla yoqadi boshqasi ilip ketmasin yana nomerizi
Like | 0
jamshid000 Beriwadi
Like | 0
Mikki Xa yaxwi nima busayam..
Like | 0
Jasurbek_39_02_ qachon ishga tusharkan Uzi.
Like | 0
NuR_KR hm
Like | 0
Quyoshcha Ureeee 07-00 numer beriwsin manga :)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное