Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

MTS O‘zbekistonda qaytishiga uchun ruxsat berildi!

O‘zbekiston hukumati mahalliy uyali aloqa bozorida Rossiyaning MTS kompaniyasi biznesini qayta ishga tushirish haqida qaror qabul qildi
Bunday qaror chorshanba kuni qabul qilingan. Unga ko‘ra Rossiya kompaniyasi o‘zbek tomoni bilan MTS brendi ostida ishlaydigan uyali aloqa sho‘ba korxonasini tuzadi. Qo‘shma korxonaning ta’sis hujjatlari “yaqin kunlarda” imzolanadi, deyiladi Interfax xabarida.
MTSning O‘zbekiston bozoriga qaytishi haqidagi boshqa tafsilotlar hozircha oshkor etilmayapti. Bundan tashqari, MTS’ning O‘zbekistonga qaytishi haqida na O‘zbekiston tomoni, na MTS rasmiy ma’lumot bermagan.
Avvalroq Rossiyaning MTS mobil aloqa operatori O‘zbekiston hukumati bilan mamlakatdagi faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish borasida deyarli kelishib olgani, MTS mahalliy kompaniya – “O‘zdunrobita”dagi o‘z ulushini O‘zbekistonga topshirishi ham mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2012-yil iyulida MTSning O‘zbekistondagi sho‘basi – “O‘zdunrobita” operatorining litsenziyalari chaqirib olingan edi. Kompaniyaga nisbatan qiymati 600 million dollardan ortiq bo‘lgan da’volar e’lon qilingan, operator rahbariyatiga nisbatan esa jinoiy ish ochilgan edi. Moliyaviy da’volarni to‘lash qobiliyati yo‘qligi sabab, 2013-yil yanvarida “O‘zdunrobita” bankrot bo‘lganini ma’lum qilgan edi


Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 10975 | Комментарии: 11 | Рейтинг: 0| Рейтинг: MTS
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 11
feruzo4ka qaytaqolsin please....)
Like | 0
Quyoshcha Oldingi no'merla vastanavit qilinsa zo'rrrrr bo'lardideeee
Like | 0
siroj808 xudoga shukur tezro qaytoqolsi beeline nafsini yuborvordi-yu
Like | 0
Arvii1992 Va nihoyat mts ucell va beline yana pawa qurip otirarkande a!
Like | 0
Toxirbek1994 MTC qaytishiga ishonish qiyin lekin qaytsa zo'r bo'lardide kutamizaa
Like | 0
boyvo44abola Xudoga shukur mana bu xaqiqiy xushxabar :-D
Like | 0
Kaka_22 Mtsdan kura beeline yaxwikuu
Like | 0
(rustam) kutamza
Like | 0
javoh1995 Eeeee xudoga shukur mts qaytaqolsin a o'zimizikiladan charchadiku shotimizi to'ldiromay
Like | 0
bexzod1998 VA NIHOYAT!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!:-D:
Like | 0
Fidanza Zo'o'o'r bo'lardide tezroq qaytsin...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное