Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Muhabbat tafti”: Arnav Jinoyatchilar changalida qoldi...

Teleasar qahramonlarini qanday sarguzashtlar kutmoqda? Siz sevib tomosha qilayotgan serialning voqealar rivoji bilan tanishtirishda davom etamiz.
Sahifa yakunida esa «Muhabbat tafti» da suratga tushgan aktyor-aktrisalar bilan kichik so‘rovnomamiz bor.  O‘tkazib yubormang! 
•  Kxushi Shyamni kuzatuvga olgan. Pistirmada turganida behosdan toyib ketib, yiqilgan Kxushini Shyamning sheriklari payqab qolishadi. Saldan keyin u Arnavga tegishli dorilarni jo‘natma orqali qabul qiladi. Daliliy ashyolarni olib Kxushi dorixonaga yo‘l oladi. 
•  Madxumatinikiga ketayotgan Kxushi Arnavni o‘g‘irlashda gumon qilayotgan kishilardan birini uchratib qolib, uning ortidan tushadi. Jinoyatchi Kxushini asir olib, xonaga qulflab qo‘yadi. Arnav, Kxushini ham o‘g‘irlashganiga gumon qiladi. Akash Payyal bilan uchrashuvini unutadi. 
•  Jinoyatchilar Kxushiga ozor yetkazishmoqchi bo‘lishganida Arnav paydo bo‘ladi. Mushtlashuvdan so‘ng Arnav va Kxushi qochishga muvaffaq bo‘lishadi. Akash Payyaldan uzr so‘rab, birgalikda hamkorlik uchrashuviga borishni taklif etadi. 
•   Arnav va Kxushi kichik kulbaga yashirinishadi. Shu lahzada Arnavning hissiyotlari olovlanib, Kxushinga kapalak sovg‘a qiladi. Jinoyatchilar ikkisining iziga tushadi. Arnav Kxushining boshiga musht tushirgach, u hushidan ketadi. Ustini berkitib, o‘zi jinoyatchilarga taslim bo‘ladi. 
•   Manorama Kxushining g‘oyib bo‘lganidan xabar topadi. Jinoyatchilar qo‘ng‘iroq qilib, po‘pisa qilishadi. Manorama Kxushiga yordam berishga va’da beradi. 
•   Kxushi jinoyatchilarning manzilini aniqlaydi. Manzil tomon yo‘l olganlarida Manorama ikkisini kuzatishayotganini sezib qoladi. 
•   Kxushi va Manorama jinoyatchilardan birining ko‘ziga qalampir kukunini sepib, tashqariga qochadi. Taxmin qilingan manzilda Arnav berkitilgan uy haqida ma’lumotga duch kelishadi. Biroq ularning ishi Arnavning qochish haqidagi rejalarini chipakka chiqarishini bilisharmikan?  
•   Shyamga tashlangani uchun jinoyatchilar Arnavni do‘pposlashadi. Shyamning jinoyatga aralashganidan  Arnav bexabar.  Arnavning duoi jonini qilayotgan Kxushinga, Nani, Anjali va Payyal  dalda berishga harakat qilishadi. 
•  Kxushi, Shyamning botinkasida qon yuqini ko‘rib qoladi. O‘ziga bildirmay, qondan namuna olib, tahlilga yuboradi. Tekshiruv xulosasiga ko‘ra qon namunasi Arnavning qon guruhi bilan bir xil ekani tasdiqlanadi. Kxushi Nand Kishorega Arnavning o‘g‘irlangani haqida so‘zlab beradi. Biroq Shyam jinoyatchi ekanini yashiradi. 
•  Anjaliga sayyohlik agentligidan qo‘ng‘iroq qilib, Shyamning sayohatga chiqish rejasi bilan tanishtirishadi. Kxushi, Shyamning diplomatini topib oladi. Ichida esa kalitlar ...
•    Diplomat ichida Arnavning qo‘nish chiptasi topiladi. Kxushi, Shyamni chalg‘itguniga qadar Nand Kishor diplomatni joyiga qaytaradi. Kxushi, Anjalidan katta miqdorda pul so‘raydi. Bu holat, Shyamning nazaridan chetda qolmaydi. 
•  Arnavning mol-mulkini saqlab qolish uchun Kxushi hujjatga o‘zgartirish kiritmoqchi bo‘ladi. Ammo Shyam bunga to‘sqinlik qiladi. Jinoyatchilardan birining uyali telefonini topib olgan Arnav, Kxushinga sim qoqadi. Kxushi jon holatda haqiqiy jinoyatchi Shyam deydi. Biroq Arnav uni eshitmaydi. 
•  Shyam va Kxushining birga ketganidan Anjalining jahli chiqqan. Shyamning ishonchini qozonish uchun Kxushi va Nand Kishore reja tuzishdi. 
•  Arnav va Kxushi sog‘inch azobida... Nand Kishore va Kxushi, Shyamning ortidan poyloqchilik qilishadi.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6746 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Muhabbat taft
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное