Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Muhabbat tafti: Jinoyat fosh bo‘ldi. Shyam qotil?
Asabiylashgan vaqti jalebi shirinligini tayyorlaydigan Kxushi hayotda ham pazandami? Jurnalistlarning ushbu savoliga aktrisa Sanayya Irani «jalebini maza qilib paqqos tushiraman, lekin tayyorlashga no‘noqroqman-da» deya javob berdi. Sahifa so‘ngida «Muhabbat  tafti» ning o‘sha mashhur shirinligi resepti bilan tanishtiramiz. Voqealar rivoji-chi, deysizmi? Xavotirlanmang bu haqda ham unutganimiz yo‘q. 
•  Nandkishor, Shyamning xonasiga yashirin kamera o‘rnatadi. Suratga olingan tasvirda Shyamning siri fosh bo‘ladi. Maxfiy so‘z «Men seni sevaman Kxushi».
•  Leptopdagi maxfiy so‘z kiritilgach, ma’lum bo‘lgan  vasiyatnoma butun oilani oyoqqa turg‘azadi. Bu orada Kxushi, Shyamdan Anjali bilan ajrashishini so‘raydi. Ularning suhbatiga guvoh bo‘lgan Manorama bu xabarni Anjaliga yetkazadi.
•  Kxushi, Arnav ushlab turilgan mehmonxonadan chek oladi. Anjali Manoramaning so‘zlariga ishonmaydi. Shyam, Kxushi va Nankishorining hiylasidan xabar topadi. 
•  Anjali, Manoramaning fikrini o‘zgartirishga harakat qilayotgan vaqtda, Shyam, Kxushi Aranavni izlayotganidan voqif bo‘ladi. Kxushi, Arnav bandi qilingan joyni aniqlaydi. Binoga kirishda uni Shyam qo‘lga oladi. 
•  Arnav ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Shyam, Kxushini mashinasiga majburlab o‘tkazadi. Arnav Shyamning izidan tushadi. Uning o‘zini esa jinoyatchilar guruhi ta’qib qiladi. Shyam, Kxushini mashinadan tushirib qoldiradi. Yo‘lda uni Arnav topib oladi. Qizning qo‘l – oyoqlarini bo‘shatayotganida jinoyatchilar ikkisiga ham hamla qilishadi. Kxushi ariqqa yiqiladi. 
•  Kxushi, jinoyat boshida Shyam turganini ma’lum qiladi. Anjali, Shyamning yaralanganini ko‘radi, biroq eri yolg‘on so‘zlab, suhbatdan qochadi. Kxushi va Arnav tan jarohatlari bilan uyga qaytishadi. Ularni Manorama kutib oladi. 
•  Kxushi, Shyamning jinoyatini fosh qiladi. Shyam o‘zini oqlab, isbot so‘raydi. Anjali erining qabih ishlariga ishonmay turganida, Nankishorening tashrifi haqiqat yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi. 
•  Oiladagilarning fikri ikkiga bo‘linganida Nankishore ruchka uzatmasi va vasiyatnoma haqida so‘z ochadi. Buni eshitgan Shyam uzatmani yashirishga urinadi. Anjali sodir bo‘layotgan voqealardan hayratda.
•  Shyam, Kxushini ayblab «u menga xushomad qilib, yo‘ldan ozdirmoqchi bo‘ldi» deydi. Payyal, Shyam o‘zini sartarosh deb tanishtirgani, Kxushiga og‘iz solgani va unashtiruv marosimi haqida so‘zlab beradi. Shyam dalil keltirishni so‘raydi. Shundan so‘ng Arnav va Shyam mushtlashishadi. 
•  Arnav Shyamni uydan quvib chiqargach, Anjali hushidan ketadi. Shyamning asl qiyofasi fosh bo‘lganiga qaramay Anjali eshitganlariga ishomaydi. Arnav ikkisi gaplashmay qo‘yishadi. Payyal Kxushiga ishonishlarini so‘raydi. 
•  Shyam haqida bilganlarini yashirgani uchun Akash Payyaldan xafa bo‘ladi. Nani, Anjalining ahvolidan xavotirga tushib, Kxushiga undan uzoqroq yurishni tayinlaydi. 
•  Arnav, Kxushiga dalda beradi. Anjali barchani havotirga qo‘yib, uydan qochib ketadi. Uning maqsadi bolani oldirish. Nani va Manorama, Kxushini siquvga olib, tanbeh berishadi. Anjalining ortidan chiqqan Arnav, to‘g‘ri kasalxonaga yo‘l oladi. 
•  Shifokorlar abortni rad etishgach, Anjali homiladan qutulish payiga tushadi. Arnav uni fikridan qaytarmoqchi bo‘ladi. Rayzadlar oilasining boshiga tugan ishlarda Manorama, Kxushi va Payyalni aybdor deb ataydi. Anjali, Shyamni uyga qaytarishni so‘rab, Arnavga murojaat qiladi. 
•  Bo‘lib o‘tgan ishlarda o‘zini aybdor bilgan Kxushi uydan ketishini aytadi. Agar shunday qilsang, Payyalning to‘yi bo‘lmaydi deb Arnav shart qo‘yadi.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 7417 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Muhabbat taft
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Ahmaddiyorbek Z6r
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное