Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Muhojirlikdan mashhurlikka: 11 yoshida model, 16 yoshida aktrisa bo‘lishga erishgan, uch qizning onasi Milla Yovovich 46 yoshda (foto)

Aktrisa va model Milla Yovovich 2021-yil 17-dekabr kuni 46 yoshni qarshi oldi.

Milla Yovovichning biografiyasi

Slavyan millatiga mansub amerikalik aktrisa ota-onasi bilan bolaligida Sovet Ittifoqidan AQShga ko‘chib borgan. U juda yoshligidan tanila boshladi va “Beshinchi unsur”, “Apokalipsis”, “Ultrabinafsha” va “Resident Evil” filmlarida suratga tushgach, butun dunyo bo‘ylab shuhrat qozondi. Yovovich aktyorlik sohasida, shuningdek, model va qo‘shiqchi sifatida ham o‘zini ko‘rsata oldi. U faol hayot tarzini olib boradi va Gollivuddagi eng talabgir aktrisalardan biri.

Erta bolalik

 

Milla Yovovich, haqiqiy ismi – Militsa Bogdanovna Yovovich 1975-yilda Sovet Ittifoqida, Ukrainaning poytaxti Kiyevda tug‘ilgan. Uning otasi Bogdan Yovovichning kelib chiqishi serb bo‘lib, SSSR oliy o‘quv yurtlarida xorijiy talabalarni o‘qitish dasturi bo‘yicha shifokor sifatida o‘qigan bir paytda onasi bilan uchrashgan. Onasi Galina Loginova VGIKni tugatib, Dovjenko nomidagi kinostudiyada ishlagan. Talabalik chog‘ida u Anatoliy Ivanovning Sovet davridagi mashhur asari — “Tushda soyalar so‘nadi” filmining televizion versiyasida rol o‘ynagan. Milla Yovovich bolaligida oilaviy hayoti yaxshi emasdi, chunki otasi ruxsatnoma ololmagani uchun mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan. O‘sha davrda chet el fuqarosi bilan turmush qurish ko‘plab muammolarga olib kelgan. Millaning onasi KGB nazorati ostida bo‘lib, uni hech kim suratga tushishga taklif qilmadi. Yaxshi ish topa olmagan va birgalikda yashamagan ota-ona shundan so‘ng ko‘chib ketishga qaror qilgan.

Birinchi sinov

Milla 5 yoshga to‘lganda uning oilasi avval Londonga, keyin esa Amerikaga ko‘chib ketdi. Ular Los-Anjelesga joylashdi, ammo muvaffaqiyatga erishish haqidagi yorqin orzulari tezda barbod bo‘ldi. Otasi shifokorlik guvohnomasini ololmadi, onasi esa talaffuzi va katta raqobat tufayli filmlarda rol o‘ynay olmadi. Bogdan Yovovich soxta tibbiy sug‘urta qilgani uchun uzoq muddatga qamalgach, vaziyat yanada og‘irlashdi. Millaning maktabda o‘qigan yillari ham yaxshi emasdi: sinfdoshlari uni qabul qilmadi, ko‘pchilik SSSRdan kelgan muhojirlarga dushmanlik ko‘zi bilan qarar edi.

Milla Yovovich va uning ota-onasi

Ulg‘ayish

Noto‘kis oila va maktabdagi noqulay muhitda bo‘lgan Milla o‘zini zaif, ba’zan esa yolg‘iz his qilardi. Yolg‘iz qolib, orzulariga faqat mehnat bilan erishish mumkinligini anglagan Millaning onasi musiqa, balet va aktyorlik saboqlariga qatnay boshlagan qizining o‘sishiga bor vaqtini va pulini sarfladi. Galina qizi uchun fotosessiya tashkil qilishni boshladi. Buning uchun ular suratlarini olish, suratkashlar bilan uchrashish va kelishuv uchun turli shaharlar bo‘ylab ko‘p vaqtlarini mashinada o‘tkazishlari kerak edi.

Milla va uning onasi Galina Loginova

Foto: Pinterest

Mashinada o‘smir qiz uy vazifasini bajarishi, uxlashi va makiyajni amalga oshirishi kerak edi. Milla Yovovich va uning onasi Galina tinmay qizi uchun yangi imkoniyatlar va shartnomalarni izladi, shu bilan birga, ona prodyuser, o‘qituvchi va ijodiy rahbar rolini bajardi. U qizining ismini o‘zgartirdi, ism ingliz tilida yanada uyg‘unroq bo‘lishi uchun ikkinchi “l” harfini qo‘shdi. Milla o‘zining yarim rossiyalik ekanini ta’kidlab, jurnalistlarga o‘z onasidan iroda va qat’iyatni olganini, va shu bilan birga, o‘zini nazorat qila olmasligi xarakterining eng yomon qismi ekanligini aytib o‘tgan.

Ish va o‘qish bilan mashg‘ul bo‘lish, murakkab xarakter va o‘smirlik davri yosh Yovovichning qiyin vaziyatlarini o‘z ichiga olgan. Pul topishni va moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lishni boshlagan Milla 16 yoshida uyni tark etdi, spirtli ichimliklar va marixuanani qabul qila boshladi.

Fotomodellik karyerasi

Millaning birinchi surati Italiyaning Lei moda jurnalida paydo bo‘ldi. Muharrirlar uning atigi 11 yoshda ekanligini bilib, dastlab rasmni chop etishdan bosh tortishdi, ammo suratkash Richard Avedon ularga ultimatum qo‘ydi. Millaning go‘zalligi unga tez-tez suratga tushishiga yordam berdi. Bo‘lajak model bilan birinchi shartnoma uning 12 yoshida imzolangan va u Revlon, Hugo Boss va Calvin Klein’ning reklama roliklarida suratga tushishdan kuniga 3 ming dollar ishlab topishni boshlagan.

Yovovichning suratlari Cosmopolitan, The Face, Vogue kabi yuzdan ortiq mashhur moda jurnallarida chop etilgan. Yillar davomida u moda va parfyumeriya brendlari mahsulotlarini namoyish etdi va L’Oreal uchun eksklyuziv model bo‘lishda davom etmoqda.

Aktrisalik karyerasi

Moda olamidagi muvaffaqiyatlar ortidan Yovovich “Katmanduga tungi poyezd” (1988) filmida debyut qildi va filmning davomi bo‘lgan “Havorang lagunaga qaytish”dan so‘ng mashhurlikka erishdi. Richard Linkleyter Millaning “Huzur va sarosimada” (Dazed and confused) (1993) filmidagi ishtiroki bilan bog‘liq deyarli barcha sahnalarni kesib tashlagach, u filmlarda ishlashdan tanaffus olishga qaror qildi va Lyuk Bessonning “Beshinchi unsur” yangi fantastik blokbasterida suratga tushish taklifidan so‘ng qaytib keldi.

“Beshinchi unsur” filmidagi o‘zga sayyoralik Lilu roli Yovovichning karyerasida alohida o‘rin egalladi va uni Gollivud yulduzlarining eng yuqori toifasiga ko‘tardi. Ikki yil o‘tgach, u o‘sha paytdagi turmush o‘rtog‘i Bessonning jangovar filmidagi jangchi Joan d’Ark obrazining yangi talqinini taqdim etdi. Berlin kinofestivalining hakamlar hay’ati tomonidan taqdirlangan Vim Vendersning “Million dollarlik mehmonxona” (2000) filmida Milla Mel Gibson bilan birgalikda rol ijro etdi. Keyinchalik u Ben Stiller, Adrian Brody, Robert De Niro va Edvard Norton kabi aktyorlar bilan turli filmlarda suratga tushdi. Milla Yovovich Pol U. Anderson – uning hozirgi turmush o‘rtog‘ining “Resident Evil” va uning beshta davomiy filmida suratga tushish orqali o‘zining navbatdagi omadli chiptasini qo‘lga kiritdi. Jangchi va jasur qiz Yovovichning aktyorlik karyerasidagi asosiy obrazlardan biriga aylandi.

Milla Yovovichning shaxsiy hayoti

Yovovich 16 yoshida o‘zining “Huzur va sarosimada” (Dazed and confused) filmidagi hamkasbi 21 yoshli Shon Endryusni sevib qoldi va bir necha kundan so‘ng onasining roziligisiz unga turmushga chiqdi. Onaning sa’y-harakatlari va Millaning o‘zini anglashi tufayli ularning nikohi tezda bekor qilindi.

U 1997-yilda mashhur fransuz rejissori Lyuk Besson bilan turmush qurdi, ammo 1999-yilda er-xotin ajrashish uchun ariza berdi.

So‘ngra Milla rejissor Pol Anderson bilan oila qurdi. 2002-yilda “Resident Evil” filmini suratga olish maydonchasida tanishib, 7 yildan keyin turmush qurdi. Ikki farzanddan keyin 2020-yil fevral oyida Milla uchinchi marta ona bo‘ldi.

U uchinchi qizining ismini Oshin Lark Elliot Yovovich-Anderson deb qo‘ydi, Oshin uelsliklar orasida erkaklarning ismidir. Milla barcha bo‘sh vaqtini oilasi bilan o‘tkazadi, bolalarni tarbiyalashni ota-onalarning asosiy vazifasi deb biladi, ko‘p o‘qiydi va sport bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, aktrisa bolalariga rus tilini o‘rgatish bilan birga, rus madaniyati bilan ham tanishtiradi. Milla Yovovich 2020-yil boshidagi yoqimli muammolarning yangi to‘lqini tufayli yangi kuch bilan ishga qaytish uchun qisqa ta’til oldi.

 



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 1765 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Muhojirlikdan mashhurlikka, 46, 11, aktrisa, uch, qizning, bo‘lishga, yoshida, Yovovich, Milla, yoshdan, erishgan, 16 yoshida, model, onasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное