Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayeva: “Hayotiy tarbiyani menga shou-biznes berdi”

Iste’dodli ijodkor Munisa Rizayeva ancha og‘ir-bosiq bo‘lib qolganining sababi hayot ekanligini qayd etdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Shou-biznes meni qayta tarbiyaladi, — deya gap boshladi Munisa. — Kechagina dadam bilan shu haqda gaplashgandik. ‘Dada, shou-biznesga kirishimga, san’atkor bo‘lishimga oyim ikkingiz doim qarshi bo‘lgansiz. Bilasizmi, oiladagi tarbiya, kattani hurmat qilish, kichikka izzatda bo‘lish kabi an’anaviy tarbiya o‘z yo‘liga, lekin hayotiy tarbiyani menga shou-biznes berdi’, dedim.
Men bu bilan ota-onam meni tarbiya qilmadi, demoqchimasman, aksincha, oilamizda haqiqiy o‘zbekona tarbiya muhitida katta bo‘lganman. Shou-biznesga kirgach, odamlarni farqlashni, oq bilan qorani ajratishni o‘rgandim”.
Xonanda borgan sari shou-biznes olamida haqiqiy do‘stlik yo‘q ekanligiga imoni komil bo‘lib borayotganini aytdi: “Endi men ham boshqalar qatori hamma bilan kulib ko‘rishib, kulib xayrlashib, ma’lum chegarani saqlagan holda munosabatda bo‘lishni o‘rgandim”.
Munisa o‘zining boshqalarga do‘st bo‘la olishi borasida ham to‘xtalib o‘tdi: “Arab tilida Munisa ‘vafodor do‘st’ degan ma’noni anglatarkan. Chaqaloq tug‘ilib, uning qulog‘iga azon bilan ismi aytilganda, taqdiri ismiga mos tarzda yozilarkan. Men do‘st bo‘lsam, o‘sha odamga borimni berishga harakat qilaman.
Rayhon bilan munosabatlarimiz buzilganida ham odamlar ‘Munisa aybdor, Rayhonga sodiq do‘st bo‘lmadi’, dedi. Men esa kutdim, sabr qildim. Mana, vaqt o‘tib, u hammasini tushunib yetdi-ku. Kim do‘st, kim dushmanligini bildi”. 
“Menda shunday odat bor: qachonki biror odam bilan qadrdon bo‘ldimmi yoki bir dasturxon atrofida tuz totib, u bilan suhbatlashdimmi o‘sha gapirilgan gap aytilgan joyda qoladi”, — deya ijodkor fikriga yakun yasadi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2262 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное