Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayeva nega turmushga chiqa qolmayapti?..


Xonanda Munisa Rizayeva yaqinda «Milliy TV» telekanali muxbiriga katta intervyu berdi. Intervyu davomida nima uchun hanuz turmushga chiqa qolmaganiga ham oydinlik kiritib o‘tdi.

— Men artistman, — dedi Munisa. — Menga uylanishni istagan ko‘pchilik yigitlar xonandalikni tashlashim tarafdori. Chunki erkak kishi xotinining xonandaligi, davralarda qo‘shiq aytishini qabul qila olmaydi. Ko‘pchilik erkaklar esa barchaning ko‘z o‘ngida bo‘lishni istashmaydi. Oddiy hayot kechirishni xohlashadi. Xuddi shu narsalar turmushga chiqmayotganimning asosiy sabablari hisoblanadi. To‘g‘ri, shunday bir yigit bor ediki, men u yigit uchun hamma narsaga tayyor edim. Afsuski, u mendan yuz o‘girgan. Odamlarning mish-mishlari, asossiz ayblovlari o‘sha yigitni mendan voz kechishga majbur etdi. Tan olaman. O‘shanda rosmana depressiyaga tushib qolganman. Ayriliqni qabul qilishim juda qiyin kechgan. Ammo hammasi o‘tib ketdi. Hozir baxtiyorman…

Munisa Rizayeva yana bir narsani tan olib aytdiki, hozirgi kunda uni qattiq sevguvchi, u haqida qattiq qayg‘uradigan, qadrlaydigan bir yigit bor ekan. Ular uchrashishda davom etishmoqda. Xudo xohlasa, kelasi yil to‘ylari ham bo‘lishi haqiqatga yaqin ekan.

Qo‘sha qarishsin! Baxtli-saodatli bo‘lishsin!



Manba:upl. uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6650 | Рейтинг: 0| Рейтинг: turmushga, Nega, Munisa Rizayeva, chiqa qolmayapti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное