Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayeva: Ota-onam ajrashgan. bu nima ekanligini juda yaxshi bilaman


Xonanda Munisa Rizayeva jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda hozir kundagi ayol xonandalar va aktrisalar nomini oqlash uchungina turmushga chiqayotgani va ajrimlar ko‘payib ketayotgani haqida gapirdi.

"Ota-onam ajrashgan. Ular ajrashganida o‘zimdan nima o‘tganini o‘zim bilaman. Bu judayam qiyin masala. Bugungi kunda aktrisalarimiz, ayol xonandalarimiz 'galochka' uchun turmushga chiqyapti. Birovlarning oilalarini buzyapti. Ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi xotin bo‘lishyapti. Qizlarimiz o‘zini umuman hurmat qilmaydi. Bu gaplarimdan kimnidir xafa qilib qo‘yayotgan bo‘lsam, uzr. Lekin bu mening nuqtai nazarim. Mendan muxlislarim ko‘p so‘rashadi. 'Qachon turmushga chiqasiz?', deb. Turmushga chiqish o‘yinchoq narsa emas.

Men 31 yoshga kirdim. Har doim Ollohdan so‘rayman. Mening peshonamga faqat bir inson yozilgan bo‘lsin. U bilan turmush qurib, bir umr baxtli hayot kechiray. Ko‘p farzandlarning onasi bo‘lishni orzu qilaman. Kamida 5 nafar farzandning onasi bo‘lishni istayman",—deydi Munisa Rizayeva.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6135 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ota-Ona, Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное