Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayevaga atab kuylangan tarona tayyor

Shou biznes olamiga shahdam qadamlar bilan kirib kelayotgan iste’dodli ijodkor Shohzamonning navbatdagi kuylagan taronasini hali hech kim eshitmagan bo‘lsada Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ko‘pgina shov shuvlarga sabab bo‘ldi. "Munisaxon Rizayeva" deb nomlanuvchi qo‘shiq yosh xonandaning ijodida qanday burilish qilarkin, bugungi kunga qadar hech kimga ma’lum emasdi.  
Bugun Fm 101.0 to‘lqini premera loyihasida xonandaning mazkur taronasi tinglovchilar hukmiga havola etilib ular tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.
Shohzamon:
Estradamizning yorqin yulduzi Munisa Rizayevaning ijodi menimcha nafaqat muxlislar balki hamma san’atkorlar uchun juda qiziq bo‘lsa kerak. Uning shijoati, ijodi va g‘ayratiga teng keladiganlar kam albatta. O‘zim San’at oliygohida folklor yo‘nalishida tahsil olgan bo‘lsamda ammo bu yo‘nalishda hecham qo‘shiq aytib ko‘rishni o‘ylamagan edim. Meni ilhomlantirgan narsa shuki Munisa Rizayevaning folklor uslubida yaratgan, xit bo‘lgan qo‘shig‘i bo‘ldi. Tarona tayyor holga kelganidan so‘ng ijodkorga yuzlandim va rozilik oldim.
Mazkur qo‘shiq uchun mahsus ssenariy ham allaqachon tayyor bo‘lgan. Ijodiy gurux a’zolari tez kunda xonandaning roziligi bilan klip suratga oldirishni maqsad qilishgan. Munisa mahsus u uchun yozilgan ssenariyga asoslangan videoklipda tasvirga tushishga rozi bo‘lsa uni umuman boshqa kutilmagan ko‘rinishda qarshi olasiz. Kuzatib boring.
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4590 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное