Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayevaning megashousi tafsilotlari

Estradamizning yorqin yulduzi Munisa Rizayeva o‘zining megashousini taqdim etmoqda. Kuni kecha start olgan konsertning ilk kunidan fotoreportajni taqdim etgan edik. Ana endi esa batafsil ma’lumot hamda  yanada yorqin fotosuratlarni sizlar bilan bo‘lishishga ahd qildik. Mazkur shou dasturga xonanda yaxshigina tayyorgarlik ko‘rganini konsertning ilk soniyalaridayoq sezish mumkin edi.

Megashouga tashrif buyurgan muxlislar sahnadan ko‘zini uzmay, davomli qarsaklar bilan Munisa Rizayevani intiqlik bilan kutib turgan bir paytda chiroqlar butkul o‘chirildi. Shunda u sahnaning chap tomonida megashouning qahramoni ko‘rindi. Bir necha soniya kuylagandan so‘ng, sahnada paydo bo‘ldi va kutilgan shou dastur boshlandi.

Munisa Rizayeva konsert davomida bir nechta imidjlarda namoyon bo‘ldi. Dilga yakin qo‘shiqlar va unga hamohang raqslar yorqin chiroqlar bilan uyg‘unlashdi. Dekoratsiya uchun katta ekranlardan foydalanilgan bo‘lib, undagi turli naqshinkor chiroqlar barchani lol qoldirdi. Xonanda mazkur dasturida allaqachon  muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan taronalarini remiks tarzida ham kuyladi. Konsertning birinchi blogida milliy raqslar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ayniqsa “Mahallada duv-duv gap” filmi parchalari yangi talqinda “Istiqlol” san’at saroyi sahnasida taqdim etildi. Yosh va umidli xonanda Shaxzod Murodov bilan boshlangan mojarolar ularning duet taronasiga ulanib ketdi.

Konsert dasturida Munisa tashrif buyurgan tomoshabinlar bilan birga qo‘shiqlar kuylab, zalni bir necha bor aylanib chiqdi. “Ota-ona” taronasi kuylab, ota-onasiga gullar taqdim etdi. “Comedy uz” rezidentlari o‘z chiqishlari bilan muxlislar kayfiyatini yanada ko‘tarishdi. ShuningdekYu, Munisa Rizayevaning loyihasi hisoblangan Dj Yamin hm o‘z iqtidorini namoyon etdi.

Konsert so‘ngida u “Vatan” haqidagi kompozisiyasini kuylashini e’lon qilar ekan, dil so‘zlarini izhor etdi. Yurtimiz prezidenti sharafiga samimiy tilaklar bildirdi. Ana undan so‘ng “Vatan” kompozisiyasini ijro etdi va megashouning ilk kuniga yakun yasaldi.

Biz xonandaning megashousining keyingi kunlariga omad tilaymiz va voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4564 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное