Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaxvaxona - soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Kara Para Ask - Soundtreck
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Pazanda - Im Loving You
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Osiyo-Asi [soundtreck]
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Muqaddas Xoliqovaning ahvoli og‘irlashdi


22-yanvar kuni yurak xurujini boshdan o‘tkazib, Toshkentdagi 1-sonli markaziy klinik shifoxonaga joylashtirilgan O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning ahvoli og‘irlashgan. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.
Xabar berishlaricha, shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolanayotgan aktrisaning ahvoli haqida uning qizi Zebiniso ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lumot bergan.
 
Onajonim 22-yanvar kuni ikkinchi bor infarkt bo‘lib, Toshkentdagi 1-sonli markaziy klinik shifoxonaga yotqizildi, ayni damda jonlantirish bo‘limida. Shifokorlar borki, biror dardga chalinsak, ulardan malham topamiz. Biroq hamma shifokorlar ham vazifasiga sidqidildan yondashmas ekan.
 
Zebiniso, aktrisa Muqaddas Xoliqovaning qizi
 
Zebiniso onasining salomatligi haqidagi savollarga javob berar ekan, shifoxonalarda hamon ishiga mas’uliyatsiz shifokor va hamshiralar borligini yozib o‘tdi.
 
Shifoxonada davolanayotgan onajonimning ahvollari bugun og‘irlashdi. O‘zlari aytib berishlaricha, kecha tunda hamshiralar ularga osma ukol qo‘yib, chiqib ketgan. Oradan vaqt o‘tib, igna tomirlaridan chiqib ketib, qon oqa boshlagan. Buning oqibatida qon bosimlari tushib ketgan. Tungi soat 4:00 da xabar olishga kirgan hamshiralar yerga oqib yotgan qonni ko‘rgan va uni artib olgan. Bularni menga onam aytib berdi. Lekin hamshiralar va shifoxonadagilar bu holatni butkul rad etyapti.
 
Zebiniso, aktrisa Muqaddas Xoliqovaning qizi
 
Muqaddas Xoliqovaning qizi o‘z xabari so‘ngida ma’lum qilishicha, ayni damda aktrisani boshqa shifoxonaga olib o‘tishga harakat qilinmoqda. U vaziyatdan boxabar bo‘lib, telefon orqali xabar olib turganlarga minnatdorchilik bildirgan.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8052 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Muqaddas Xoliqova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное