Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Aktrisa Muqaddas Xoliqovaning salomatligi sekin-asta tiklanmoqda: operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, xavf ortda qoldi



O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova 22-yanvar kuni yurak xurujini boshdan kechirib, shifoxonaga joylashtirilgan edi. 24-yanvar kuni o‘tkazilgan muolajalardan so‘ng aktrisaning ahvoli og‘irlashganligi haqida ma’lum qilingan edi. Shundan so‘ng Xoliqova Toshkentdagi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish bo‘limidan Respublika Kardiologiya markazi shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga o‘tkazildi, deb yozadi “Qalampir.uz”.
O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning qizi Zebinisoning nashrga yetkazgan ma’lumotlariga qaraganda, aktrisaning ahvoli ancha yaxshi, ko‘rsatilayotgan muolajalar va davo choralari o‘z samarasini berib, aktrisaning salomatligi sekin-asta tiklanmoqda. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, operatsiya yaxshi o‘tib, xavf ortda qolgan. Biroq aktrisaning qachon jonlantirish bo‘limidan chiqarilishi haqida aniq ma’lumotlar berilmayapti.
 
Muqaddas Xoliqovaning qizi esa ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali onasining ahvoli ancha yaxshiligini ma’lum qilib, qo‘llab-quvvatlagan, duoda bo‘layotgan muxlislariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan va salomatlik tilayotganlarning gaplarini onasiga yetkazganini aytgan.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3718 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Muqaddas Xoliqova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
zumrad991 Alloh Taolo yaxshi insonlarning umrlarini uzoq, tani jonlarini sog'-salomat qilsinlar! Muqaddas opaga ham XUDO shifo bersinlar! Va ijodlariga omad tilaymiz.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное