Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Murod Rajabovning “ustidan” nega yozishgandi?


O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov bundan 4-5 yil avval Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida rahbar bo‘lganidan xabaringiz bor. Turli sabablarga ko‘ra lavozimdan ketishga to‘g‘ri kelgan aktyor shu kungacha bu mavzuda umaman gapirmagan edi. Ammo biz bilan bo‘lgan suhbatda o‘shanda direktorlikdan ketishiga nima sabab bo‘lgani haqida ochiqchasiga gapirdi.

Murod Rajabov: — Teatrdan ketish sababi haqida shu kungacha hech qaerda gapirmagandim. Lekin bugun balki gapirib o‘tishim o‘rinli bo‘lar. Xullas qandaydir uydirma gaplar tufayli, yillar davomida hamkasblarim deb yurganlardan sotqinlik ko‘rdim. Ular qandaydir arzimas sabablarni ko‘rsatib, ustimdan shikoyat qilishdi. Bilasizmi, o‘sha xatni menga ham ko‘rsatishganda, yozilgan gaplarni o‘qib ochig‘i, kulgim keldi. Kimga yolg‘on, menga chin matnda yozilgan gaplarning hatto 99 foizi ham haqiqat emas edi. Indamadim. O‘sha paytda mavjud bo‘lgan “O‘zbekteatr” birlashmasiga chaqirtirib, ishdan ketishimni aytishganida ham e’tiroz bildirmay, ishdan bo‘shash arizamni yozib ketganman. Hozir birovlarni yomonlab, o‘zimni yaxshilash niyatidan yiroqman. Rahbarlik davomida hammasini faqat teatr va san’atimiz uchun bajardim. Buni bandasi ko‘rmasa, O‘zi guvoh. Faqat hozirgi suhbatimizda bir gapni aytib o‘tmoqchi edim. Teatr jamoasidan tashqarida ham vaqtida hurmat qilib “aka-aka” daganlar, ijodimdagi bu og‘ir kunlarda o‘zini olib qochgani va go‘yo meni hech qachon tanimagandek tutishlaridan hafa bo‘ldim. Inson qiyin vaziyatlarda boshqalardan faqat insoniylik kutishini unutib qo‘ymaslik kerak, nazarimda...

Ma’lumot o‘rnida: Ayni kunlarda Muqimiy nomidagi musiqali drama teatriga O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov rahbarlik qilib kelmoqda.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5189 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Murod Rajabov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное