Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Murod Rajabov “ichki nizo” sabab “Muqimiy” teatri rahbarligidan ketdi

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov "Muqimiy” musiqali drama teatri rahbari lavozimidan 3-mart kuni ketdi. 2010-yildan beri teatr jamoasiga rahbarlik qilib kelgan Rajabov teatrdagi "o‘zaro ichki nizo” sabab iste’foga chiqqan.

Sayyod.Uz’ning yozishicha, hozirgi vaqtda teatr jamoasi ikki guruhga ajralib qolgan. Bir guruh aktyorlar O’zbekiston xalq artisti Mirza Azizov atrofida birlashib, Murod Rajabovning ketishiga sabab bo‘lgan, boshqa bir guruh esa aynan Rajabovning tarafini olib chiqmoqda. "Arizalar ketma-ketligi turli mutasaddi idoralaru, huquqni himoya qiluvchi organlar eshigini ‘taqillatmoqda’”, – deb yozadi sayt.

Xabar berishlaricha, fevral oyida Mirza Azizov "Hordiq” gazetasiga "Komediyani oyoqosti qilib bo‘ldik” nomli intervyu bergan. "Teatr xodimlari bu intervyudan o‘zini haqoratlangandek, teatr sha’niga dog‘ tushirishdek qabul qilmoqda”, – deb yozadi.

Murod Rajabovning yonini olayotgan aktyorlar, xususan, O‘zbekiston xalq artisti Noila Po‘latovaning so‘zlariga ko‘ra, Rajabovning rahbarlik davrida teatr rejasi 148 foizga o‘sgan, teatrning o‘zida axloqsizlik, buzuqchilik va "hatto ichkilikbozlik”ka ham chek qo‘yilgan.

"Hozirgi vaqtda teatrdagi holatni achinarli deyishmoqda. Aktyorlar istalgan liboslarida sahnaga chiqib ketishi va ssenariydan ham chetlashib, og‘ziga kelgan narsalarni aytib yuborishi holatlari yuz berayotganini ta’kidlashmoqda”, – deb yozadi Sayyod.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4081 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Murod Rajabov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
snejinka Qadrini biliwgandur
Like | 0
Azizbek2757 Eh yaxshi ish bo'maptida.
Like | 0
FaZe94 Murod Rajabov eng zo'r aktyor ula uynagan filmlani barchasiga gap yu
Like | 0
FaZe94 Murod Rajabov eng zo'r aktyo
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное