Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Muxabbat tafti hind teleseriali haqida batafsil

MY5 “Mening yurtim” telekanalida namoyish etilayotgan, hind kinoijodkorlari tomonidan tayyorlangan “Muhabbat tafti”  (“Iss Pyaar Ko Kya Naam Doon?”) seriali ilk bor 2011 yil 6 iyun Hindistonda ekran yuzini ko‘rgan.
Mazkur serialda jamiyatning har bir qatlami a’zolari haqida so‘z yuritiladi. Asosiy urg‘u hind milliy qadriyatlari - oila, opa-singil, aka-uka va qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga qaratiladi. Serialning o‘ziga xos jihati shundaki, uning ayrim joylari mashhur “Sohibjamol va maxluq” multfilmi syujetlariga o‘xshab ketadi.
Film haqida qisqacha
Kxushi Kumari Guptaning ota-onasi avtohalokat sabab dunyodan o‘tadi va uni Lakxnau shahridagi qandolatchi oilasi asrab oladi. U tutingan opasi Payalni juda yaxshi ko‘radi, biroq ko‘ngilsiz bir hodisa tufayli u opasining to‘yi buzilishiga sababchi bo‘lib qoladi. Bu esa otasining moliyaviy tang ahvolga tushishiga ham sabab bo‘ladi. Qizlar o‘zlari yashab turgan joyni tark etib, yangi shahar va yangi taqdir o‘yinlari sari yo‘l olishadi. Kxushi ushbu vaziyatdan qanday chiqadi? Buzilgan to‘y oqibatida opa-singillarning taqdiri qay darajada o‘zgarib ketadi? Ularni oldinda yana qanday sinovlar kutyapti? Arnav Singx bilan bo‘lgan tasodifiy to‘qnashuv uning hayotini keskin o‘zgartirib yubordi. Janjal bilan boshlangan bu uchrashuv ikki yosh uchun qanday sinovlarni va’da qiladi? Muhabbatmi yoki nafrat? Bu savollarga serialni kuzatib borib javob topishingiz mumkin.

 Bosh rol ijrochilari haqida

Arnav Sinx —  Barun Sobti
1984 yil 21 avgust kuni Hindistonning Dehli shahrida tavallud topgan.
Aktyorlik faoliyatini  2008 yildan boshlagan.
Shu kungacha 4 ta film va 4 ta teleserialda suratga tushgan.
Mazkur serialda Arnav Sinkx Rayzoda obrazini yaratgan.
Ushbu roli uchun 2012 yil bir qator yuksak mukofotlarni qo‘lga kiritgan, xususan,
“Eng yaxshi aktyor”, “Sevimli yangi ishtirokchi”, “Eng mohir ishtirokchi”, “Sevimli juftlik”, “Sevimli kino yulduz”, “Oynai jahondagi sevimli juftlik”, “Eng mashhur aktyor”, “TV dramadagi sevimli aktyor” kabi nominatsiyalar g‘olibiga aylangan!

Kxushi - Sanayya Irani
1983 yil 17 sentabr kuni Hindistonning Mumbay shahrida tavallud topgan.
Model, raqqosa va aktrisa sifatida faoliyat yuritadi.
Kino olamiga 2006 yil kirib kelgan.
Shu kungacha 5 ta televizion shou, bitta film va 6 ta teleserialda suratga tushgan.
Sanayya mazkur serialda Kxushi Kumari Gupta rolini ijro etgan.
Ushbu roli uchun 2012 yil bir qator yuksak mukofotlarni qo‘lga kiritgan, xususan,
“Eng yaxshi aktrisa”, “Eng mashhur sevimli aktrisa”, “Oynai jahondagi sevimli juftlik”, “Yilning eng yaxshi kino yulduzi”, “Oynai jahondagi sevimli aktrisa” nominatsiyalarining mutlaq g‘olibiga aylangan!
Darakchi gazetamizning keyingi sonlarida serialning boshqa qahramonlari haqidagi ma’lumotlar va serial rivoji bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin, deb yozadi Darakchi


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 19991 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Muxabbat tafti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
1979sevil Admin sizga katta raxmat
Like | 0
1979sevil Admin sizga savol: ushbu serial vaqtida kamida 15 daqiqa reklama beeriwadi shuni qisqartiriwni iloji yoqqmi
админFilmni tarjima qilish ham katta mablag' talab etadi, unga ketgan harajatlar film o'rtasida beriluvchi reklamalar oraqali qoplanishi tabiiy!
Like | 0
yodgor123 зур
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное