Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

MY5 telekanali yangi mavsumda qanday seriallar namoyish etishini ma’lum qildi

O‘zbekiston MY5 telekanali yangi mavsumda qanday seriallar namoyish etishini oshkor etdi. “Darakchi” gazetasida telekanal tomonidan suratga olinib, namoyishga hozirlanayotgan 5 serial haqida ma’lumot berildi.
“Artist” nomli serial sitkom janrida bo‘lib, san’at va madaniyat instituti talabalari hayotidan hikoya qiladi. Ayni paytda tasvirga olish ishlari tugagani yo‘q.
“Bir kam dunyo-2” seriali, nomidan ko‘rinib turganidek, shu nomli serialning davomidir. U turli hayotiy voqealar, oilaviy munosabatlar to‘g‘risida hikoya qiladi.
Ayni kunlarda serialning ssenariysi yozib tugatildi.
“Taqdir so‘qmoqlari” esa seriali yil davomida haftada bir marotaba badiiy-ma’rifiy ko‘rsatuv tarzida efirga uzatib boriladi. Unga O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’dullaev boshlovchilik qiladi.
“Qarisi bor uy” seriali voqealari ham oilaviy mavzuga bag‘ishlanadi. Voqealar shaharlik nabiralarini ko‘rgani qishloqdan kelgan chol obrazi orqali namoyish etiladi. Serialda kattalar bilan yoshlarning munosabatlari yengil kulgi orqali ochib beriladi.
Nihoyat “Kafe “Hayot” seriali voqealari Toshkentdagi kafelardan birida bo‘lib o‘tadi. U turli hayotiy, kulgili voqealardan iborat bo‘lsa-da, hayotga jiddiy qarashga undaydi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5603 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: MY5 telekanali
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
maftuna Ismimni buzishga haqingiz yo'q
админshaxsiy profilingizga kirib, o'z ismingizni to'g'irlab yozing, bu yerda sizning loginingiz emas, ismingiz ko'rinmoqda, sizning
login: maftuna  ismingiz esa: MaftuNka
deb yozilgan!
Like | 0
azizbekjonli Salom Maftunqa
Like | 0
maftuna Omad :)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное