Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Namunali militsiya tayanch punktlari “Matiz” avtomobillari bilan taqdirlandi

"Turkiston” saroyida mazkur "Namunali militsiya tayanch punkti” ko‘rik-tanlovining 2013-yil natijalari bo‘yicha yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2013-yilda 2230 mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi.

Mamlakatimizdagi mavjud 3 ming 712 militsiya tayanch punktlarining aksariyati huzurida fakultativ to‘garaklar, kichik biznes shoxobchalari, voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun jihozlangan sport maydonchalari faoliyat yuritayotgani bu borada alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur ko‘rik-tanlovning mamlakat bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 militsiya tayanch punkti ishtirok etdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Obod turmush mahallasida joylashgan 147-militsiya tayanch punkti, Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi Buvaydo mahallasida joylashgan 258-militsiya tayanch punkti, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Mirmiron mahallasida joylashgan 44-militsiya tayanch punkti, Jizzax viloyati Jizzax tumanidagi Uchtepa mahallasida joylashgan 133-militsiya tayanch punkti birinchi o‘ringa loyiq topildi. G‘oliblarga "Matiz” avtomobillari topshirildi.

Tanlovda ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan tashqari bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, ular munosib taqdirlandi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2552 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Matiz, militsiya tayanch punkti, Namunali
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное