Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qozog‘istonda Nexia va Matiz sotilishi taqiqlangani xabar qilindi

Qozog‘iston Respublikasida "Avtotransport vositalari xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar” texnik reglamentiga o‘zgarishlar kiritildi. Bu esa respublikada ommabop bo‘lgan bir qator avtomobillarning importini cheklab qo‘ydi, deb yozadi "Kolyosa” nashri.

Texreglamentdagi joriy yilning 5-yanvaridan kuchga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, eng xaridorgir avtomobillar qatori Daewoo Nexia hamda Daewoo Matiz modellari ham taqiqqa tushgan. Talablarga ko‘ra, endi import qilinadigan avtomobil kamida bitta old xavfsizlik yostiqchasi, ABS (antiblokirovkali tormoz tizimi), ISOFIX bolalar o‘rindig‘i mahkamlagichi, kunduzgi chiroqlar va immobilayzer bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

2013-yili jami 13371 dona sotilgan Daewoo Nexia va Matiz bu talablarga javob bermaydi, chunki yuqorida sanab o‘tilganlardan birortasi ham mazkur avtomobillarda yo‘q, deyiladi xabarda.

GM Uzbekistan’ning Qozog‘istondagi vakili bu borada shunday deydi: "Daewoo Nexia va Daewoo Matiz avtomobillari 2014-yilning 5-yanvaridan buyon Qozog‘istonga olib kelinmayapti. Hozirgi kunda omborxonada qolgan mashinalar sotilmoqda. Keyinchalik bu modellar sotiladimi-yo‘qmi – hozircha bir nima deyish qiyin. Zavod texnik talablarga ko‘ra mashinalarini qaytadan jihozlab chiqarmasa kerak.  Undan ko‘ra, biz boshqa modellarni taklif qilamiz – Nexia o‘rniga Gentra sedanini olib kelish mumkin”.

Xabarda yangi texnik reglament bilan bog‘liq noaniqliklar borligi tufayli, Nexia va Matizdan tashqari, boshqa ko‘pgina avtomobil modellari sotuvi shubha ostida qolganligi ta’kidlangan.

2013-yili mazkur mamlakat avtobozorida ko‘p sotilishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Daewoo avtomobillari band etganligi haqida avvalroq xabar bergan edik. Ta’kidlash joizki, bunda Nexia eng xaridorgir mashinalardan biri bo‘lib, ommabopligi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallagan edi. O‘tgan yili Qozog‘istonda o‘n mingdan oshiq Nexia sotilgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6807 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Matiz, Daewoo, Nexia
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное