Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Istiqlol” san’at saroyi yaqinida Nexia yonib ketdi


Kecha, 25-dekabr kuni Toshkentdagi "Istiqlol” san’at saroyi yonida joylashgan tunnelda avtohalokat sodir bo‘ldi.

Halokat aks etgan suratlar Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirildi. Izohlardan ma’lum bo‘lishicha, Nexia rusumidagi avtomobilda simlardagi nosozliklar tufayli yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi yong‘inga mashinasida mavjud bo‘lgan o‘t o‘chirish moslamasi yordamida barham berishga uringan, biroq alanga kuchayib ketavergan.

Rasmda keyinroq o‘t o‘chirish xizmati xodimlari yetib kelgani va olovni o‘chirganini ko‘rish mumkin.

Ushbu yong‘inga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari turli fikrlar bildirdi. Ulardan biri: "Nahotki simlardagi nosozlik tufayli har qanday mashina yonib ketaversa?” — deya taajjublangan bo‘lsa, yana biri bunday holatga haydovchining o‘zi sabab bo‘lishini ta’kidlab, avtomobilchilarni ogohlikka chaqirgan.

Manba:daryo.uz



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 10043 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: san’at saroyi, Istiqlol, yonib ketdi, Nexia, facebook
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Mohlaroyim 25- dekabr hali kemadiyu?
Like | 0
Mohlaroyim 25-dekabr hali kemadiyu?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное