Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Osiyo-Soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Pazanda - Im Loving You
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Narimon Sultonxo‘jaev Eng qimmat Klipi, Gonorari haqida

Narimon Sultonxo‘jaev — bugun o‘zbek shou-biznesida o‘ziga xos uslubga ega klipmeykerlardan biri. Bugun u suratga olgan deyarli har bir videoklip xit darajasiga ko‘tarilayotgani hech kimga sir emas. Narimon o‘z ishini biladi, uning g‘oyalariga ishonishadi. Narimonning Darakchi.uz uchun bergan eksklyuziv intervyusi orqali uning sizga noma’lum qirralarini ochishga harakat qilamiz.
- Narimon, bugun talabgir klipmeykerlardansiz, buning siri nimada?
- Ishimni sevib, mazza qilib ishlashimda.
- Kliplaringiz g‘oyalarini qaerdan olasiz?
- G‘oyalarni hayotdan, eshitganlarimdan olaman. Deyarli har bir horij filmi premerasiga tushaman va ulardan nimadir o‘rganishga harakat qilaman.
- O‘zbek kinopremeralari-chi?
- Yo‘q, o‘zimizni kinolarni ko‘ra olmayman. Gap vaqtim yo‘qligida emas, shunchaki ko‘rishni istamayman, yoqmaydi. Mehr bilan yaratilmayapti filmlar. Nazarimda, ularni yaratishdan birgina maqsad pul bo‘lib qolgan. Aslida kino yaratish bitta imorat solgan bilan baravar, uning poydevoridan bortib, bezagigacha puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak.
- “Baron” filmiga ham tushmadingizmi?
- Filmni ko‘rdim, biroq u menga yoqdi deb ayta olmayman.
- Xo‘sh, uning nimasidan ko‘nglingiz to‘lmadi?
- “Sotqin”ni ohirigacha mazza qilib ko‘rgandim, bu film esa men kutganday chiqmadi. Aslida ekshn kinoning ashaddiy muxlisiman. Biroq “Baron”ning dinamikasi menga yoqmadi. Filmning nomidan kelib chiqib, kinodan ana shunday kuchli ekshn sahnalar kutgandim. Kimgadir erish tuyulmasin, film meni qoniqtirmadi.
- Qaysi rejissyorlarning ishlarini alohida ko‘rsata olasiz?
- Ayub Shahobiddinov, Zulfiqor Musoqov, Jahongir Ahmedovlarning filmlarini yaxshi ko‘rib tomosha qilaman.
- Sohangizni qanchalik yaxshi bilaman deb o‘ylaysiz?
- Soham kinooperatorlik, bu bo‘yicha oliy ta’lim dargohini tamomlaganman. Juda kuchli ustozlar maktabini ko‘rganman. Abdurahim Ismoilov, Hotam Fayziev, Marat Ismoilov, Xasan Fayzievlar bizga sohamizni ipidan ignasigacha o‘rgatishgan.
- San’at sohasiga kirib kelishingiz...
-O‘quvchilik paytlarimda men to‘ylarni vidotasvirga olish bilan shug‘ullanardim, bo‘sh vaqtim deyarli bo‘lmasdi, odamlar ancha oldin menga videos’emka buyurtma berib yozdirib qo‘yishardi. Shu sababdanmi bir kun do‘stim ushbu sohani mukammal o‘rganishim uchun oliy ta’lim muassasasida ta’lim olishim kerakligini uqtirdi. Uning turtkisi bilan bugun o‘z ishimni professional tarzda egalladim deyolaman. Qobiliyat bo‘lsa rejissyor yoki aktyor bo‘lish mumkin, ammo operator bo‘lish uchun uning texnik tomonlarini bilish shart deb hisoblayman.
- Qachongacha o‘z kliplaringizda rol o‘ynamoqchisiz? Kadr ortida qolib ketishdan qo‘rqasizmi?
- Boshidan dunyo tanigan inson bo‘lishni maqsad qilganman. Niyatim Gollivud aktyorlarni O‘zbekistonga olib kelib o‘ynatish. Tarixda nafaqat suratga olgan, balki ekranda ham aks etgan inson sifatida qolishni istayman. Aktyorlikka mahoratimdan kelib chiqqan holda qo‘l urganman. O‘quvchilik damlarimdan Quvnoqlar va zukkolar jamoalarida yetakchi bo‘lganman. Ustoz san’atkorlardan aktyorlik mahoratim haqida e’tiroflar eshitgan paytlarim ham bo‘lgan.
- Odamlarning nazdida faqat komik ijodkor bo‘lib qolishdan qo‘rqmaysizmi?
- Yo‘q, drama janrga qo‘l ursam undan chiqib ketishim qiyin bo‘lishini bilaman. Meni harakterimga komediya janri yaqin. Kun kelib kino yaratsam ham shu janrda yarataman.
- Narimon Sultonxo‘jaevning klipi bilan hech kim tanimagan san’atkor ham tanilyapti, hammaga klip suratga olasizmi?
- Har qanday inson faqat o‘zi uchun klip olmoqchi bo‘lsa bemalol, ammo uni xalq e’tiboriga namoyish etishni istasa, undan juda ko‘p pul so‘rayman, sababi xalqqa duch kelgan narsani olib chiqaverishni o‘zimga ep ko‘rmayman. Agar uni iste’dodli san’atkor ekanligini bilsam albatta baholi qudrat uni mehnatini xalq nazariga olib chiqish uchun men ham bor mahoratimni ishga solaman.
- Sizni juda qimmat klipmeyker deyishadi, gonoraringizni nimalarga qarab belgilaysiz?
- Ketadigan vaqtim, harajatim va ishchi kuchimga qarab belgilayman. Lekin shuni ham aytishim kerak, mazza qilib ishlasam gonorarni ham o‘ylamayman.
- Agar sir bo‘lmasa eng qimmatga suratga olgan klipingiz?
- Munisa Rizayevaning “Sekin-asta” klipi. U klipni suratga olish uchun Turkiya osmonida 2 soat davomida vertolyotda uchganman.
- San’atkorlar klipingiz narx-navosi ustidan savdolashishadimi siz bilan?
- Albatta o‘zbekchilik busiz bo‘ladimi?!
- Klip uchun har bir detal maxsus sotib olinishi rostmi?
- Ha, har bir detal o‘ylanadi va maxsus klip uchun yaratiladi.
- Bitta suratga olingan klipga bitta mashina olish mumkin deyishadi, bunga nima deysiz?
- 10 ta mashina ham olsa bo‘ladi (kuladi).  G‘oyaga qarab, hammasi har xil. Kliplarimni pulini aytishni istamayman. Keyin san’atkorlar kelib, “falonchiga shuncha pulga klip qilib beripsan”, deb turib olishadi, vaholanki, har bir klipga individul yondoshuv talab etiladi.
- Qaysi xonandalar bilan ishlash oson?
- Qiyini ham, osoni ham Munisa Rizaveva. U iste’dodli xonanda. Umuman menga iste’dodli insonlar bilan ishlash yoqadi. Shohruhxon, Sardor Rahimxon hamda Jasur Umirovlar bilan ishlash ham yaxshi.
- Bir xonanda klipida boshqasini ishlatyapsiz? Bunga ularning munosabati qanday bo‘lyapti?
- Jasurning klipida Anvar Sanaevning chiqishi nazarda tutayotgan bo‘lsangiz. Bu ustozning o‘z shogirdiga bo‘lgan ko‘magi va qo‘llab-quvvatlashi bo‘lgan. Bu ikki xonanda ustoz va shogird.
- Sizningcha, siz yaxshi aktyormisiz yoki yaxshi rejissyor?
- Bunga xalq baho beradi.
- Nima uchun filmlarda rol ijro etmaysiz?
- Kliplarga ham filmlarga ham taklif qilishadi. Yomon narsada rol ijro etib qo‘yishni istamayman. Men klipda chiqsam u klipni men yaratgan deb o‘ylashlari aniq. Keyin uni meni ijodim deb past baho berishlarini istamayman.
- Siz suratga olmagan lekin sizga yoqadigan klip?
- Sardor Rahimxonning “Tanhoginam” taronasiga olingan Ali Iskandarovning klipi juda yoqadi. Mazza qilib tomosha qilaman.
- Rafiqangiz ham aktrisa ekanligidan xabarimiz bor. U kishini film va kliplarda ko‘ramizmi?
- Uning sohasi buxgalter. Uni ilk bor ko‘rganimdayoq unga uylanishga qaror qilganman. Uni ko‘rgan kunimning ertasigayoq buvim, onam va xolam bilan sovchilikka borganman. Shu bilan to‘y bo‘lib ketgan. To‘ydan keyin uni kliplarimda rol ijro ettirdim, yana shunday vaziyat bo‘lsa yana ijro etishiga albatta imkon beraman.
- Qaysi san’atkorga klip olib berishni istardingiz?
- Ancha vaqt yo‘qolib, umidsizlikka tushgan hamda endi chiqib kelayotgan haqiqiy iste’dodlar bilan ishlashni hohlayman.
 Yulduzlik kasaliga chalinmaganmisiz?
- Buni mening atrofimdagi insonlardan so‘rasangiz bo‘ladi. Men boshida qanday bo‘lsam, shundayligimcha qolishga harakat qilaman.
Mazmunli suxbatingiz uchun rahmat, ijodiy jo‘shqinlik sizni tark etmasin!


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6889 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Narimon Sultonxo‘jaev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Sadiya Manimcha bu davno yulduzli kasaliga uchragan yoki harakteri shunaqa özini osmon bladgan... kliplarini yaxshi korardim oziniyam klipdaka hayotdayam ochiq muomilali dp oylirdim... intirvyusidan kn toridi koynim qoldi bundan...
Like | 0
Damir9090 Pul môre ekande
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное