Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Nazarboyev: bizda hali bunday inqiroz bo‘lmagan edi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev iqtisodiy siyosat bo‘yicha Oq O‘rdada o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatda sekin-asta yuzaga kelayotgan inqirozli holatlarga to‘xtalib o‘tdi.
U, butun jahon iqtisodiyotida tushish kuzatilayotgan bir paytda Qozog‘iston iqtisodiyotining o‘sishini ta’minlash zarurligi haqida gapirarkan, bu ishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator omillarni sanab o‘tdi.
“Birinchidan, neft va metallarga bo‘lgan past narxlar 5 yil davomida saqlanib turadi. Ikkinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarning investisiya va kapitalga chiqishi qiyinlashadi. Uchinchidan, Qozog‘iston mahsulotlari bozori qisqarib bormoqda, bu Rossiya va Xitoy singari asosiy hamkorlarimiz tomonidan talabning kam bo‘layotganiga bog‘liq”, – dedi Qozog‘iston yetakchisi.
Shu munosabat bilan, mintaqada va mamlakatda inqiroz yuzaga kelayotgani ta’kidlab o‘tildi.
“Murakkab davr yaqinlashmoqda, har bir vazirning, mamlakat iqtisodiy siyosatining har bir ishtirokchisining sifatlari tekshiruvdan o‘tadigan davr kelmoqda. Bugungi inqiroz sektoral xaraketrga egadir, u Qozog‘istonning deyarli barcha ishlab chiqarish korxonalariga ta’sir o‘tkazmoqda. Bizda bunday inqiroz hali bo‘lmagan edi, shu bois bu boshqacha yondashuvni talab qiladi. Ishonchim komil biz, har doimgiday, bu vaziyatdan chiqa olamiz”, – ta’kidladi Nazarboyev.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6006 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: dollar, valyuta, yoppasiga, Qozog‘istonlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
BaBy_DiNoOo Cakki bo'pti
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное