Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Nikoh to‘yi xarajatlarini to‘lab beradigan startap paydo bo‘ldi

Nikoh to‘yi xarajatlarini to‘lab beradigan SwanLuv nomli startap loyihasi paydo bo‘ldi. Sharti esa — hech qachon ajrashmaslik. Agar nikoh to‘yi xarajatlari to‘lab berilgan juftlik qachondir ajrashishiga to‘g‘ri kelsa, startap to‘lagan mablag‘ va uning foizini qaytarishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda "Like It" startap va yangiliklar sayti xabar yozgan.
SwanLuv AQSh startapi bo‘lib, maqola yozilayotgan paytda, uning saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra 62 kundan keyin ishga tushadi. U juftliklar uchun 10 000 dollargacha nikoh to‘yi xarajatlarini to‘lab beradi va toki juftlik ajrashmaguncha, evaziga hech narsa talab qilmaydi.
Startapdan foydalanish uchun uning saytida anketa qoldirish kerak bo‘ladi va loyiha maxsus tekshiruv algoritmi bilan nikohi mustahkam bo‘ladigan juftliklarni tanlaydi hamda ularning nikoh xarajatlarini qoplaydi.
Shuningdek, nikoh to‘yi xarajatlari to‘lab berilgan juftliklarning keyingi oilaviy turmushida qandaydir muammolar uchrasa, startap bepul maslahat xizmatini ham taqdim etadi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5693 | Рейтинг: 0| Рейтинг: startap, nikoh to‘yi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное