Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Nikohning Birinchi Kechasida qilinadigan ishlar


Balog‘atga yetgan har bir yigit-qiz o‘zining mustaqil hayotini kelin-kuyovlikdan boshlaydi. Bu ota-bobolarimizdan qolgan meros bo‘lib, uning ham odoblari bor.

Mustaqil hayotni poklik asosiga qurish uchun chimildiqqa kiradigan kelin-kuyov avval tahorat olishlari, xushbo‘yliklar surib, chiroyli libos kiyishlari tavsiya etiladi. Nikohli hayotni boshlash arafasida har qanday insonda kuchli hayajon bo‘ladi, qalbi bir olam orzu-istaklar bilan to‘lib-toshadi. Chunki oila hayotiga qo‘yilayotgan ilk qadam kishini o‘zgacha tuyg‘ular ummoniga g‘arq etadi. Bunday paytda qilinadigan har bir ish, aytiladigan har bir so‘z umr bo‘yi xotirada muhrlanib qoladi. Shu sabab bo‘lsa kerak, odamlar bu hodisaga alohida ahamiyat berishadi.

Kuyov kelinning oldiga ilk bor kirayotganida xursand holda bo‘lishi, uyga ochiq chehra bilan kirib kelishi, kelinga muloyimlik bilan muomala qilishi tavsiya etiladi. Chunki, kelin hayajonlanadi, hadiksiraydi, begona uyda o‘zini noqulay his etadi. Kuyovning go‘zal muomalasi kelinni mana shunday holatdan chiqaradi, o‘rtalarida iliqlik paydo bo‘ladi.

Kuyov “bismillah” deb o‘ng oyoq bilan, salom berib uyga kiradi. Keyin kelinning peshonasiga qo‘lini qo‘yib, mana bu duoni o‘qiydi: “Allohumma, inniy as’aluka xoyrahaa va xoyra maa jabaltahaa ‘alayh, va auvzu bika min sharrihaa va min sharri maa jabaltahaa ‘alayh”.

Duoning ma’nosi: “Yo Alloh! Sendan ayolimning yaxshiligini, Sen unga bergan axloqning yaxshiligini so‘rayman. Uning yomonligidan, Sen unga bergan axloqning yomonligidan panoh berishingni so‘rayman!”

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam mana shu duoni o‘qishni uylangan kishiga tavsiya etganlar (Abu Dovud rivoyat qilgan).

Duodan so‘ng ikkisi birgalikda nafl namoz o‘qishadi. Kuyov imom bo‘ladi, kelin orqada (o‘ng tarafda turib) iqtido qiladi. Bu namozni har biri alohida o‘qisa ham bo‘ladi. Lekin birga o‘qishgani ma’qul.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Agar sizlardan biron kishi uylansa, qo‘shiladigan kechada ikki rakat namoz o‘qisin. Kelinga – orqasida – ikki rakat namoz o‘qishni aytsin. Shunda Alloh o‘sha uyda yaxshilik (paydo) qiladi” (Bazzor rivoyat qilgan).

Bu namozning ahamiyati juda katta. Ma’lumki, nikoh kechasida kuyovda ham, kelinda ham ozmi-ko‘pmi hayajon bo‘ladi. Ayniqsa, kelin begona joyda o‘zini noqulay sezishi, kuyovdan cho‘chishi mumkin. Ikkisi bir bo‘lib namoz o‘qishsa, mana shunday salbiy holatlar barham topadi. Kuyov imom bo‘lib, kelin iqtido qilib, bir tan-bir jonga aylanishadi. Namozdan keyin qo‘lni duoga ochib, Allohdan osuda hayot, farovon turmush, solih farzandlar so‘rashadi. Yangi hayot ostonasida turgan yoshlar uchun mana shu onlardagi ibodatning o‘rni juda ham beqiyos.

Aniqlanishicha, kelin-kuyov birga namoz o‘qishganida ikkisi tanasidagi zararli zaryadlar, ruhiy taranglik yo‘qolib, o‘rnini xotirjamlik, bir-biriga mehr-muhabbat tuyg‘usi egallar ekan. Afsuski, ota-boblarimiz amal qilib kelgan mana shu odat bugungi kunda bir oz unutilayozgandek. Uning o‘rniga har xil bid’at-xurofotlar o‘rgatilyapti. Aslida, oila ostonasida turgan yoshlarga jo‘yali maslahat berilsa, irim-sirimlarga yo‘l qo‘yilmasa, yangi qurilgan oila a’zolari baxti uchun mustahkam zamin tayyorlangan bo‘ladi.

Namoz o‘qib duo qilishgach, kelin-kuyov o‘zlariga ajratilgan xonaga kirishadi... Oralarida o‘zaro suhbat quriladi, bir oz iliqlik paydo bo‘lganidan keyin kuyov kelinga muloyimlik bilan yaqinlashadi... Ilk harakatlar juda muhimdir. Tanalar bir-biriga tegadigan vaqtda kuyov o‘zini qo‘pol tutmasligi kerak. Chunki, bu kechadagi har bitta harakat butun umr esda qoladi, insonning kelgusi hayotiga ta’sir qiladi.

Kuyov avvaldan rejalashtirilgan qisqa suhbat muhitini yaratadi. Bu suhbatda sevgisini, birgalikda uyg‘onadigan hissiyotlarni tilga oladi, ayoliga ham gapirish imkonini beradi. Shunday qilinsa, hayajon bosiladi, oralarida yaqinlik paydo bo‘ladi. Jinsiy aloqadan oldingi suhbat juda muhim. Chunki ba’zi ayollarda o‘ta kuchli hayajon yaqinlikka to‘sqinlik qilishi mumkin. Natijada g‘iybat, mishmish gaplar boshlanadi. Kimnidir kasal deb tabibga, kimnidir ko‘ngli yo‘q, deb issiq-sovuq qilish uchun folbin oldiga olib boriladi…

Bunday hayajonli damda tutilish erkakda ham bo‘ladi. Buni to‘g‘ri tushunish, yomonlikka burmaslik lozim. Yoshlar bir-birlarini tushunib olgunlaricha muhlat beriladi, hovliqish yaramaydi... Jinsiy aloqadan oldin “bismillah”, deb mana bu duo o‘qiladi: “Yo Alloh! Bizni, bizga beradiganing farzandni shaytondan yiroq qil”. Shunday duo qilinsa, tug‘ilajak farzandga shayton zarar yetkaza olmaydi.

Er-xotin aloqa vaqtida nozik munosabatda bo‘ladi, qo‘pol harakat qilmaydi, tozalikka rioya etadi. Qo‘shilishdan oldin hazil-huzul, o‘yin-kulgi qilish, erkalash lozim. Shunda shahvat to‘la qo‘zg‘aladi. To‘liq shahvat bilan dunyoga kelgan farzand sog‘lom, baquvvat bo‘ladi. Shuningdek, jinsiy aloqa vaqtida gaplashmaslik, ustiga biron narsa tashlab olish tavsiya etiladi.

Afsus bilan aytamiz, ba’zi joylarda kuyovning bemaza o‘rtoqlari yoki kuyovjo‘rasi ozgina aroq ichib olsa hayajon bo‘lmasligini “maslahat” berarkan. Bu – juda ham noto‘g‘ri gap. Chunki, aroq ichgan odamning luqmasi bulg‘anadi, duosi qabul bo‘lmaydi. Qolaversa, harom ichimlik qonga singib, bo‘lajak zurriyotga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Birinchi kechani harom luqma bilan boshlasa, bu narsa kelgusi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Shuning uchun bu borada juda e’tiborli bo‘lishni yigitlarga alohida tayinlaymiz.

Hayajonni bosish uchun namoz o‘qishdan, duo qilishdan zo‘r narsa yo‘q. Bunda Allohdan yaxshilik so‘raladi, savob olinadi. Bir harakatda ikkita foyda! Harom narsalarni yeb nima foyda topadi odam?! Faqat zarar ko‘radi: imoniga ham, sog‘lig‘iga ham katta ziyon yetadi.

Musulmon odam har qanday holatda shariat ko‘rsatmalariga amal qiladi. Shu bilan baxtli bo‘ladi. Bugungi kunda din-diyonatdan bexabar ayrim yoshlar kuyovjo‘ralik qilib, o‘zlaricha “foydali” maslahatlar berishadi. Bundoq e’tibor berilsa, ularning ko‘rsatmasi na dinimizga, na milliy qadriyatlarimizga to‘g‘ri keladi. Ko‘pi Yevropaga taqlidan qilinadigan ishlar. Unutmaylik: biz –musulmon farzandimiz. Shuning uchun har bir amalimiz dinimiz ko‘rsatmasiga binoan qilinadi. Nikoh kechasidagi ishlar ham shariat ko‘rsatmalariga mos ravishda amalga oshiriladi. Ota-bobolarimiz mana shunday tavsiyalarga amal qilib kam bo‘lishmagan. Biz ham ajdodlar yo‘lidan borsak, ikki dunyo saodatiga erishamiz.

Ziyovuddin RAHIM
“Baxtli hayot sari” kitobidan




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 41972 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nikoh, Birinchi Kecha
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное