Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda nikoh yoshi o‘zgaradimi?


Bugun, xalqaro press-klubning navbatdagi anjumani “Bolalar va yoshlarning manaviy-axloqiy tarbiyasida oilaning roli“ mavzusiga bag‘ishlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Anjumanda “Oila “ ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdilar.

Jurnalistlar anjuman davomida O‘zbekistonda oila qurish yoshini kattalashtirish taklifini berdilar. Hamda so‘nggi vaqtlarda ajrashishlarning ko‘pligining birlamchi sababi moddiy qiyinchiliklar emasmi, degan savolni o‘rtaga tashladilar.

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatovaning aytishicha, O‘zbekistonda aholining 98% oilalarda istiqomat qiladi va yurtimizda 7 milliondan ortiq oilalar mavjud. Oilalarning buzilishining birlamchi sababi esa moddiy qiyinchiliklar emas. Oiladagi tarbiya, ikki yoshning axloqi ko‘proq nikohning mustahkamligiga ta’sir etadi.

Nikoh yoshini kattalashtirish bo‘yicha esa xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z tavsiyalarini bergan. Qo‘mita raisi o‘rinbosarining aytishicha, nikoh qurish uchun ruxsat etilgan eng kichik yosh yigit va qizlar uchun birdek, 18 etib belgilanishi taklif etilgan. Biroq, erta turmushning salbiy oqibatlari targ‘ib etilishiga qaramay, ba’zi viloyatlarda qizlar 16 yoshdan turmushga berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirda oila qurishning eng kichik yoshi yigitlar uchun 18, qizlar uchun 17 etib belgilangan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7745 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘zgaradimi, Nikoh, yoshi, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
baxodir Qizlar 19 Yigitlar 22 bo`lgani yaxshi edi yigitlar o`qib ish topib ishlashar qizlar esa xunarli bo`lishardi shunda balki ajrashishlar kamroq bo`lardi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное