Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Nilufar Usmonova: “Bugungi loyqalangan san’atda men yo‘qman”


 

Qalampirmunchoq” ko‘rsatuvining galdagi sonida xonanda Nilufar Usmonova ishtirok etgani haqida avval ham xabar bergan edik. Ayni damda TV va radiolarda yiroq bo‘lgan Nilufar Usmonova bugungi san’at va uch kunlik qo‘shiqlar haqida gapirar ekan, ko‘plab xonandalarning nojo‘ya xatti-harakatlarini deb boshqa san’atkorlar ham aziyat chekayotganiga to‘xtalib o‘tdi.
 
“Qanchadan-qancha san’atkorlarimiz ko‘chada bilgan ishini qilib yuribdi, ularga gapiradiganlar yo‘q. Odamlar esa hammamizni qo‘li bilan ko‘rsatadi. So‘nggi uch yilda TV va radiodan yiroqda bo‘lganim uchun bugungi loyqalangan san’atdan biroz chetdaman va bunga shukur qilaman. Men ana o‘sha san’atkorlarning qatorida emasman. Balki buni gapirish menga emasdir, bu bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar, rahbarlar bor. Mana, “O‘zbeknavo” bor”, deydi xonanda.
 
Nilufar Usmonova o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi suratlari, Facebook orqali ommaga tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgan raqsi haqida gapirarkan, g‘iybatlarni asosan ayollar chiqarganini aytadi.
 
“Men hech qayerimni ochib chiqqanim yo‘q. Yo biror joyim ochilib qolganmidi? Odamlar sizni gapirmoqchi bo‘lsa, ularga qanday kiyimdaligingiz va qanday holatda turganingizning farqi yo‘q. Bo‘ynimgacha yopiq libos kiysam ham baribir gapirishadi. Bunday gaplarni esa asosan ayollar chiqaradi. Holbuki men ularga foydali maslahat berib, raqs tushish orqali ozish yo‘lini o‘rgatgandim. Yo‘q, ular shundan ham ayb qidirishdi”, deydi Usmonova.
 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3430 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nilufar Usmonova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное