Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Nilufar Usmonova o‘z ismini nima uchun o‘zgartirdi?


Nilufar Usmonova 5 yil avval ismini o‘zgartirganini ma’lum qildi. U bu haqda Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

«Demak tanishamiz! Mening ismim Aisha! Assalomu alaykum, men bu siz bilgan Nilufar Usmonova, ammo 5 yildan buyon men Aishaman.

Avvalambor, Alhamdulillah, muslimaman. Bilasizmi men ismimning ham muslimalarga xos bo‘lishini juda ham xohlardim. Qolaversa, bu ism menga judayam yoqib qolgan. Men ism egasi Aisha onamizga havas qilib, azon ayttirib bu ismni qo‘ydim.

Bu shaxsiy hayotimdan sizlarga va’da qilgan eng asosiy ma’lumotlardan biridir», — deb yozadi Nilufar Usmonova.

Nilufar Usmonovaning yozishicha, Aisha - eng mashhur musulmon ayol ismlaridan biri bo‘lib, arab tilidan tarjima qilganda «Barhayot», «Yashovchi», «Yashash» ma’nolarini beribgina qolmay, payg‘ambar Muhammad S.A.V ning rafiqalaridir.

«Aisha onamiz qo‘li ochiq, juda saxiy edilar. Ular qisqa umr ko‘rgan bo‘lsalar-da Payg‘ambarimiz bilan juda baxtli, osuda va mehr- muhabbatga to‘la hayot kechirganlar», — deb yozadi Nilufar Usmonova.



Manba:zamin.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11847 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nilufar Usmonova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное