Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Nilufar Usmonova uzoq kutilgan xushxabarni muxlislari bilan rasman bo‘lishdi

Xabaringiz bor, xalqimizning erkatoy, samimiy va dangal, shu bilan birga sho‘x-shaddod xonandasi Nilufar Usmonovaga qo‘yilgan taqiq olib tashlandi. Uzoq kutilgan va bugungi kunda barchani birdek quvontirayotgan yangilikni muxlislari bilan rasman bo‘lishdi. "-Bugun ob-havoning avzoyi biroz o‘zgargan bo‘lsa-da, qalblarda hamon yorqin quyosh o‘z nurlarini sochib turibdi. Sizlar bilan eng yaxshi yangiliklardan birini bo‘lishmoqchiman. 2013 yildan beri, sizlar bilan biz faqat internet orqali aloqada bo‘ldik. Ijod namunalarimizni, qaynoq xabarlarimizni internet tarmoqlari uzra taqdim qilib bordik. Bu vaqt ichida mening ijodimga befarq bo‘lmaganingiz uchun men sizlardan judayam minnatdorman. Biz sizlar bilan bugunga qadar judayam ko‘p narsaga erishdik. Turli loyihalar, ijodiy yangiliklar, yoqimli uchrashuvlar, qiziqarli tanlov hamda aksiyalar o‘tkazishga muvoffaq bo‘ldik. Mana nihoyat, endi TV ekranlar va radioto‘lqinlar orqali sizlar bilan aloqada bo‘lish imkoniga egamiz va albatta tez-tez yangiliklarimizni taqdim etib boramiz. Bu albatta sizlarning oldingizdagi mas’uliyatni va javobgarlik darajasini yanada oshiradi. Bundan so‘ng ko‘plab qiziqarli va katta ahamiyatga ega bo‘lgan foydali ijod mahsullarini taqdim qilishga va’da beraman. Yaqin kunlarda sizlar bilan TV ekranlar va radiokanallar orqali uchrashguncha deya sizning Nilufaringiz." - deya dilidagi so‘zlarini bitib qoldirdi. Mana shunday xushxabar bilan xonandani qutlaymiz va ulkan ijodiy parvozlar tilab qolamiz. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5331 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nilufar Usmonova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное