Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)

Nilufar Usmonovadan muhabbatga to‘la tarona premerasi

Estradamizning yorqin yulduzi Nilufar Usmonova muxlislari uchun kutilmagan sovg‘alar tayyorlab, birma-bir ommaga taqdim etmoqda. Yaqindagina xonanda “Kelaqol jonim”  nomlangan yangi qo‘shig‘ini yaratgani va unga videoklip suratga olish ishlarini boshlab yuborgani haqida ma’lum qilgan edi.

“Kelaqol jonim” – bu qo‘shiq qalbi sof sevgi va muhabbatga limmo-lim bo‘lgan sevishganlarga, baxtdan sarmast bo‘lgan baxtiyor juftliklarga bag‘ishlanadi. Tarona sokin ohangda kuylangan bo‘lib, uni tinglagan har bir muxlisning yuragini tub-tubiga kirib boradi. O‘zgacha hissiyot qamrab, hayollar og‘ushida baland-balandga parvoz etadi. 

Bu qo‘shiq orqali baxtni qadriga yetish, sof tuyg‘ularni asrash, xayotning har bir lahzasidan bahra olib yashash, sevish va sevilish baxtini tuya bilish kabilarni tinglovchilarga yetkazishni niyat qilgan xonanda, bahoriy kayfiyat va mamnuniyat ila bugun saytimiz orqali ushbu kompozisiyani xalqimizga taqdim qilmoqda. Musiqiy asarning mualliflariga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘zi va musiqasi xonandaning volidasi, mahoratli xonanda, nafaqat o‘zbek san’atida, balki, qo‘shni mamlakatlarda ham shuhrat qozongan san’atkor Yulduz Usmonova tomonidan yozilgan.

Qo‘shiqni tinglagan har bir tinglovchi buni taronaning ilk ohanglaridayoq seza oladi. Xalqimiz orasida ommalashishi kutilayotgan musiqiy asarga yuqorida aytib o‘tkanimizdek, videoklip ham tasvirga olinmoqda. Bir necha kun oldin videoklipni trek qismi, kuni kecha esa syujeti tasvirga tushirildi. Klipmeyker Jahongir Ibragimov.

Unda bosh rollarni mahoratli aktyor Bobur Yo‘ldoshev hamda aktrisa Yulduz Rajabova ijro etmoqda. Videoklip tez kunda tomoshabinlarga namoyish etilishi rejalashtirilgan. Hozir esa qo‘shiqni tinglang va baho bering. Bizdan aslo yiroqlashmang.
Manba:popcorn.uz
Категория: MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)
Просмотров: 3669 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nilufar Usmonova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное