Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Noma’lum shaxslar Parij yaqinidagi do‘konda 18 kishini garovga oldi

13 iyul kuni Fransiya poytaxti Parij shahri yaqinidagi do‘konlardan biriga noma’lum shaxslar guruhi bostirib kirib, do‘kon ichida odamlarni garovga olgan holda o‘rnashib oldi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, bu Quartz nomli savdo markazi hududidagi do‘kon ichida 18 nafar kishi garovga olingan. Ayni vaqtda hududni polisiya o‘rab olgan.
Aniqlik kiritilishicha, Vilnev-la-Garen shahridagi Primark do‘koniga mahalliy vaqt bilan soat 06:30 (Toshkent vaqti bilan 09:30)da hujum uyushtirilgan.
Frans Press agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, do‘kon xodimlaridan biri o‘z telefonidan ikki nafar qurollangan shaxs do‘kon ichidagilarni garovga olgani haqida sms yuborgan.
Garovga oluvchilar o‘z asirlarining ozod etilishi evaziga qanday talablar qo‘yishayotganlari haqida aniq ma’lumotlar berilmagan. Agentlik xabariga ko‘ra, hujum qilganlar oddiy o‘g‘rilar hisoblanishadi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2909 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Parij, garovga oldi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
samiya Nimala sodir bo'lmayabdi Insof yo'q olib ketyabdiii
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное