Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

“Nur-Sulton deyish noto‘g‘ri”. Qozog‘istonlik deputatlar To‘qayevning ilk tashabbusini yo‘qqa chiqarmoqchi


Qozog‘iston parlamenti a’zolaridan iborat “Jana Qozog‘iston” (Yangi Qozog‘iston) deputatlar guruhi mamlakat poytaxtiga “Ostona” nomini qaytarishni taklif qilmoqda. Bu haqda guruh bayonotida aytilgan.

“Biror kishi hayotligida shaharga nomi berilishi noto‘g‘ri deb hisoblaymiz, bundan tashqari, xalq poytaxtning yangi nomi ham qabul qilmagan. Shunday ekan, bir paytlar birinchi prezident taklif qilgan poytaxtning sobiq nomi – Ostonani qaytarish tarixan adolatli bo‘ladi”, deyiladi bayonotda.

Deputatlarning fikricha, ushbu qaror “birinchi prezidentning mamlakat bosh shahri shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan hissasini inobatga oladi, shuningdek, fuqarolarning talab va umidlarini qanoatlantiradi.

Parlament a’zolari Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish imkoniyatidan foydalanib, poytaxtning avvalgi nomini qaytarish zarur, deb hisoblamoqda. Ular “barcha g‘amxo‘r, ilg‘or fuqarolarni birlashishga, vatan oldida turgan qiyinchiliklarni birgalikda yengishga” chaqirdi.

Qozog‘iston poytaxti 2019 yilning mart oyida respublikani qariyb 30 yil boshqargan Nazarboyev prezidentlikdan ketganidan keyin Ostona nomidan Nur-Sultonga o‘zgartirildi. Bungacha mamlakat parlamenti senati (yuqori palatasi) raisi lavozimida ishlab kelgan Qosim-Jomart To‘qayev davlat rahbari bo‘ldi. To‘qayev lavozimga kirishgach, mamlakat poytaxti Ostona shahrini birinchi prezident sharafiga Nur-Sulton deb o‘zgartirishni taklif qildi. Shu kuni parlament Konstitutsiyaga tegishli tuzatishlarni qabul qildi. Nazarboyevning o‘zi ham uning sharafiga nom o‘zgartirishga qarshi ekanligini bir necha bor ta’kidlagan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 908 | Рейтинг: 0| Рейтинг: noto‘g‘ri, Qozog‘iston, deputat, To‘qayev, tashabbusini, chiqarmoqchi, yo‘qqa, deyish, Nur-Sulton, ilk
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное