Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

O'zbek shou-biznes vakillarining bahosi (stavka) qancha bo'lmoqda? (2015)

“Darakchi” gazetasi taniqli qo‘shiqchi va boshlovchilarning to‘ydagi xizmatlari tantana egalariga necha pulga tushishi haqida material e’lon qildi. Unda ko‘plab san’atkorlarning xizmat haqlari “shartli birliklar”da ko‘rsatildi. Bunday o‘ziga xos tadqiqot natijalari ham nashrning saytidagi ovoz berish, ham nashr xodimlari o‘tkazgan surishtiruv natijalariga ko‘ra e’lon qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, san’atkorlar orasida birinchi o‘rinda Ozodbek Nazarbekov turibdi. Uning “birrov” to‘yda ko‘rinishi 1.2-1.5, “navbatchi”ligi esa 7-10 “shartli birlik” bilan baholangan. Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni band qilgan Jahongir Otajonov va Nasiba Abdullayevalarning bu ko‘rsatkichlari esa, muvofiq ravishda, 2-2.5, 1.5 va 4-5, 3.5-4 qilib belgilandi.
Shuningdek, qo‘shiqchilar Botir Qodirov va Sardor Mamadalievlarning “stavkalari” ancha balandligi materialdan ma’lum bo‘ldi.
Boshlovchilar ichida esa kuchli uchlikni Dilnoza Kubayeva (1), Dildora Rustamova (0.4) va Davron Kabulovlar (0.4) egalladilar.
Shuningdek, to‘ylardagi navbatchiliklarni hozir asosan 3 yoki 4 nafar yigit-qizlardan iborat guruhlar olib borayotgani va ularning belgilangan qiymatlari hamyonbopligi aytildi. Ko‘pincha taniqli xonandalardan ko‘ra yoshlardan iborat yangi guruhlarga murojaat qilish to‘y egalariga osonroq bo‘lmoqda.
Guruhlar ichida eng “qimmati” “San’at” guruhi bo‘lib, uning reytingi 1.5 “shartli birlik”ka baholandi. Keyingi “sovrinli” o‘rinlarni “Sharq” (1.2) va “Karavan” (1) guruhlari zabt etdi.
San’atkorlarning “stavkasi” haqidagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi ro‘yxatdan bilib olishingiz mumkin bo‘ladi:
Ozodbek Nazarbekov
Birrov: 1,2—1,5 «shartli birlik»
Navbatchi: 7—10 «shartli birlik»
Jahongir Otajonov
Birrov: 2—2,5 «shartli birlik»
Navbatchi: 4—5 «shartli birlik»
Nasiba Abdullayeva
Birrov: 1,5 «shartli birlik»
Navbatchi: 3,5—4 «shartli birlik»
Shahzoda
Birrov: 1 «shartli birlik»
Rayhon
Birrov: 0,7—0,8 «shartli birlik»
Botir Qodirov
Birrov: 0,6 «shartli birlik»
Navbatchi: 3—5 «shartli birlik»
Sardor Mamadaliev
Birrov: 0,5—0,8 «shartli birlik»
Navbatchi: 1,5—2 «shartli birlik»
Ulug‘bek Rahmatullaev
Birrov: 0,5—0,6 «shartli birlik»
Mavluda Asalxo‘jayeva
Birrov: 0,6 «shartli birlik»
Munisa Rizayeva
Birrov: 0,7 «shartli birlik»
Bahrom Nazarov
Birrov: 0,3 «shartli birlik»
Navbatchi: 1—3 «shartli birlik»
Manzura
Birrov: 0,4 «shartli birlik»
Shohruhxon
Birrov: 0,4 «shartli birlik»
Jasur Umirov
Birrov: 0,4 «shartli birlik»
Ziyoda
Birrov: 0,45—0,5 «shartli birlik»
Avazbek Olimov
Birrov: 0,1—0,2 «shartli birlik


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7381 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: San'atkorlarimiz, stavka qancha?, bahosi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
guli159 XURMATLI ADMIN FARRUXBEK XAMRAYEVNIKINI HAM BILSAK BOLADIMI
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное