Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Pazanda - The Sound of Love
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Qirolicha - Stakan Version
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Ishq Jodusi-soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

O'zbek shou-biznesining qalloblikda ayblanayotgan vakillari

Sayyod.com sayti ijodkorlari o'tgan yillar davomida moliyaviy jinoyatlar va qallobliklarga aloqadorlik ortidan “nom qozongan” ayrim shou-biznes vakillarini yodga olib, ular bilan bog'liq holat bugungi kunda qanday ekanligini esga olishdi.

Eslatib o'tamiz, ilgari Munisa Rizaevaning ma'muri hamda xonanda Jasur G'oyipovning moliyaviy jinoyatlari haqida shovshuv ko'tarilgan edi. Har ikki gumondor ham chet elga ketib qolgan, lekin biroz muddatdan so'ng qaytib, javobgarlikka tortilgan edi.

“Sobiq ma'murim Toshkentga qaytib keldi va tergovda ko'rishdik, - Munisa Rizaevaning so'zlarini keltiradi sayt. – Ayni damda kichik xonadonni mening nomimga rasmiylashtirish jarayonida. Menga qaytarishi kerak bo'lgan summa oldida, albatta, bu arzimas narxdagi xonadon. Kamiga u uyda u o'z oila a'zolari bilan yashamoqda, shu sabab menga rasmiylashtirdi nimayu, rasmiylashtirmadi nima? Bilmasam, pullarni qaytararmikan... Menimcha, qaytarmasa xam kerak, lekin uni qamatishdan manfaatdor emasman. Qamatib pulni olmadim nima, qamatmay olmadim nima?”.

Xonanda Jasur G'oipov esa ayni damda xibsda va tergov ostida, deb xabar qilinmoqda. Uning asl familiyasi xam G'oyipov, emas To'raev ekan. Ma'lum bo'lishicha, uzoq vaqt xorijda bo'lgan Jasur u erda karera qilayotgani xaqida aytib, jinoyat ishi borasidagi barcha gap-so'zlarni inkor qilgan, ammo 2015 yil so'nggida qiz farzandli bo'lgani bois Toshkentga qaytganida ushlanib, vaqtinchalik saqlash uchun tergov xibsxonasiga topshirilgan. U bilan bog'liq tergov qilinayotgan ish xam moliyaviy muammolarga taqalgan.

Materialda boshqa o'xshash hodisalarga ham to'xtalib o'tildi. Shohruhxon va Nilufar Usmonovaning sobiq ma'muri, Tohir ismli yigit bilan bog'liq ravishda pullar, qarzlar va artistlarni to'ylariga berilgan avanslar bilan bog'liq muammolari xaqida shou-biznes olamiga xabar tarqalib, biroz o'tmay ma'mur u muammolarning bari barham topganligi haqida ma'lumot bergan edi. 2015 yildan u Tamila, Amira Alibekova va Yagonalarga ma'murlikni boshlagan. Yangi yilda esa yana yo'qolib qolgan. U o'zi ishlaydigan bir xonandadan qarz olish bilan birga, Shohruhxon va yana boshqa artistlarning avansini olib ketgan.

“Rejissyor va klipmeyker Jasur Shametov, aktrisa Shahzoda Muhammedova, aktyor Akbarxo'ja Rasulov va “Mening yurtim” telekanali ma'muriyati bilan bog'liq mojarolar portlash arafasida, - deb yozadi Sayyod.com. – Muammo jiddiy deyishmoqda. Hozircha muzokaralar ketmoqda”.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8364 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O'zbek shou-biznesining qalloblikda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
pryamoy1 Familyani o'zgartiriwi nima keragi borida tavba
Like | 0
umar1901 ishonishni ham ishonmaslikni ham bilmadim...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное