Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O'zbekistonda 1 sentyabrdan ish haqi 10 foizga oshadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yilning 26 avgust kuni «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risida»gi Farmonga imzo chekdi. Farmon matni O'zAda e'lon qilingan.
Farmonga ko'ra, joriy yilning 1 sentyabridan byudjet tashkilotlari xodimlarining maoshi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori o'rta hisobda 1,1 baravarga (10 foiz) oshadi.

Jumladan, 1 sentyabrdan boshlab, eng kam ish haqi oyiga 130 240 so'm, yoshga doir pensiyalar va bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqalar miqdori oyiga kamida 254 730 so'm, zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga eng kamida 156 310 so'mni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda oylik va nafaqalar so'nggi marotaba 2014 yil 15 dekabridan 1,1 baravarga oshirilgan edi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8345 | Комментарии: 12 | Рейтинг: 1| Рейтинг: O'zbekistonda 1 sentyabrdan ish haq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 12
asal4953 Hamma narsa owganku undaköra tuwgani yaxwi edi :'(
Like | 0
KingStrong stipendiyachi, kontrakt
Like | 0
shoxislom5758 Xa sekin boladida.
Like | 0
Majnun111 Ish haqqini oshishi haftadagi yoqimli yengilu bo'ldi
Like | 0
sarbon1997 Bekorga oshmagandir
Like | 0
Braveheart Da to'g'ri. Zarplata owgani bn mahsulotlayam owsa, nma foydasi bor 10% owganini...?!
Like | 0
9614352 admin aka shifokorlarning eng baland maoshi qancha
Like | 0
maftuna Juda zor boptida
Like | 0
BaBy_DiNoOo Owaqolsin
Like | 0
Ahowaho Maoshlar oshgani yaxshi, narsalar oshgani yomonda...
Like | 0
Nozima_Mirjalol Qoyil juda zor bolibti ana bolarkanuv
Like | 0
ShadowFiend Yana xamma narsa qimmat bular ekanda :sr: :-z: :-a:
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное