Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O'zbekistonda 2020 yilgacha 2700 kilometr yo'l quriladi

2015-2019 yillarda 2699,8 km, jumladan, 2281,3 km asfalt qoplamali va 418,5 km tsement-beton qoplamali avtomobil yo'llari qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi direktori o'rinbosari Shuhrat Dauletyarov matbuot konferentsiyasida ma'lum qildi.

"Ulkan miqyosli loyiha — umumiy uzunligi 2750 kilometrdan oshiq bo'lgan milliy avtomagistral qurilishi ham 2019 yilda tugallanadi. Andijondan Qo'ng'irotgacha va Samarqanddan Termizgacha bo'lgan yangi uchastkalarning modernizatsiyalanishi va qurilishi natijasida barcha avtomobil yo'llari xalqaro standartlarga to'liq mos bo'ladi", dedi fond rahbari.

"Gazeta.uz" nashri xabariga ko'ra, joriy yilda 376,6 kilometrdan ortiq to'rt polosali yo'l qurilmoqda va rekonstruktsiya qilinmoqda. Respublika yo'l jamg'armasi xalqaro va respublika ahamiyatiga ega 112 kilometr magistral hamda 130 kilometr mahalliy yo'lni kapital ta'mirlash uchun mablag' ajratdi.

Avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlarida yo'l qoplamalarining sifati va chidamliligini oshiradigan zamonaviy qurilish uslublari va texnologiyalaridan foydalaniladi. Buning uchun maxsus 993ta zamonaviy texnika va tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatini yangilash imkonini beradigan 38ta kompleks xarid qilindi.

2015 yilda O'zbekistonda avtomobil yo'llari qurilishi va rekonstruktsiyasiga 1,543 trln so'mdan oshiq mablag' ajratildi. Shundan 1,103 trln so'm Respublika yo'l jamg'armasi va 440,2 mlrd so'm (172 mln AQSh dollari) esa xalqaro moliya muassasalari ajratgan mablag'dir.

Ta'kidlanishicha, haydovchi va yo'lovchilar uchun yuqori darajadagi qulayliklar yaratish maqsadida ham keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, yaqin vaqt ichida yo'l bo'yida kemping va motellar, yonilg'i quyish shoxobchalari, tibbiy va texnik yordam ko'rsatish punktlari, avtomobillar to'xtash joylari va sayyohlik komplekslari kabi 240ta xizmat ko'rsatish ob'ekti qurilishi rejalashtirilmoqda.

Transport infratuzilmasini takomillashtirish milliy iqtisodiyotni rivojlantirish sur'atlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shu bois O'zbekistonda transport infratuzilmasini mustahkamlashga yo'naltirilgan kompleks dasturlar, avtomobil yo'llari sifatini yaxshilash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, mavjud chorrahalar, yo'l o'tkazgichlar, ko'prik va yo'llar rekonstruktsiya qilinmoqda, yangilari barpo etilmoqda.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston avtomobil yo'llari tizimi, taxminan, 184 ming km yo'ldan iborat, bunga 42654 km umumiy foydalanish, 67274 km qishloq, 61664 km shahar ko'chalari, 5462 km korxonalari mulki bo'lgan va 6631 km idoralarga tegishli yo'llar kiradi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4997 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O'zbekistonda 2020 yilgacha 2700 ki
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
998903419696 :o
Like | 0
Bekorchi_bola wunday qililar özi yölar dab dala böp ketgan qigandayam yamap emas tekislab qilsinda
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное