Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

O‘chirib yuborilgan Ma’lumotlarni Tiklovchi dasturlar

Hozirgi texnika taraqqiyoti davrida inson ko‘plab ma’lumotlarni olishga va uni boshqalar bilan baham ko‘rishga intiladi. Biz olgan ma’lumotlar (rasm, video, hujjatlar pdf, doc va boshq.) qachondir bizga yana qayta kerak bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘pchilik shu paytda o‘z qurilmasidan o‘chirib yuborgan ma’lumotiga achinadi va “bekor o‘chirib yuborgan ekanman-da” deb afsuslanadi. Ammo bu maqolani o‘qish jarayonida endi siz o‘chirib yuborgan faylingizga achinmaysiz balki uni yana qayta tiklash imkoniyatini o‘rganasiz va albatta uni amalda sinab ko‘rib, hayotingizni yana quvonchlarga to‘ldirasiz.
Ushbu dasturlar faqat Android tizimida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun:
Restore Image (super easy)
Bu dastur sizga sevimli bo‘lgan rasmlaringizni o‘chirib yuborilgan taqdirda ham xech qanday muammosiz oldingidek yorqin va sifatli xolatida qayta tiklash imkoniyatini beradi. Bu dasturni bepul yuklab olish uchun quyidagi link ga tashrif buyuring hamda download tugmasini bosing. Dasturing umumiy hajmi 3,5 MB ni tashkil etadi. Dasturdan foydalanish juda oson va qulay. Yuklab olish jarayonida muammolar yuzaga kelishini mumkin.
Dumpster 2.0.222-korzina
Dumpster dasturi Isroil davlatining dasturchilari tomonidan 1-martdan yangi 2.0.222 versiyasini foydalanishga topshirildi. Bu dasturda siz turli fotosuratlar, video, audio, pdf, zip, mp3, mp4, ppt, doc, avi, mpg, jpg, rar va boshqa qator o‘chirib yuborilgan fayllarni tiklash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Dasturning hajmi: 7,8 MB ni tashkil etadi. Yangi 2.0.222 versiyasini bepul yuklab olish uchun quyidagi linkga tashrif buyurib yuklab olish (skachat) tugmasini bosing. Qarabsizki, yangi dastur sizning mobil telefoningizda. Bu dastur Android qurilmalar uchun 2013-yilning eng zo‘r 50 dasturi“ nominatsiyasi bo‘yicha kuchli elliktalik dasturlar safidan o‘rin egallagan.
Undelete
Undelete dasturi yuqoridagi dasturlarga juda o‘xshash. Lekin bu dasturni boshqa shu kabi dasturlardan farqi shundaki, siz endi nafaqat turli fotosuratlar, video, audio, pdf, zip, mp3, mp4, ppt, doc, avi, mpg, jpg, rar va boshqa qator o‘chirib yuborilgan fayllarni tiklash imkoniyatiga ega bo‘libgina qolmasdan siz o‘z qurilmangizdagi SMS, Kontakt, Qo‘ng‘iroqlar jadvali, Telegram, Viber, Whatsapp hamda Bluetooth kabi dasturlardagi o‘chirib yuborilgan fayllar hamda yozishmalarni xech qanday muammosiz qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari SD kartangizdagi ma’lumotlarni ham kompyuterlarsiz xech qanday qiyinchiliklarsiz tiklab bera oladi. Xozirda ushbu dasturni turli versiyalari mavjud. Eng so‘nggi versiyasi undelete 3.4.2 deb nomalanadi. Bepul yuklab olish uchun quyidagi linkga  kiring. 
Eslatma: Agar dasturni yuklab olgandan so‘ng qurilmangizga o‘rnatishda (ustanovka) muammolar vujudga kelib, kalit (klyuch) so‘raydigan bo‘lsa, quyidagi link dan kalit (klyuch) ni bepul yuklab olishingiz mumkin. Undelete dasturining to‘liq hajmi: 7,9 MB.
GT Recovery
Mazkur dastur o‘chirib yuborilgan o‘lik faylga aylangan (ya’ni umidsizlikka uchragan) xujjatlar, SMS, Kontakt, arxiv, musiqa, video, qayta ishlangan video va audio fayllar hamda xujjatlaeni osonlikda qayta tiklaydi. Tiklangan ma’lumotlar SD kartangiz yoki qurilmangiz xotirasiga kelib tushadi. Agar siz SD kartangizni to‘la o‘chirib yuborgan (formatirovat kartu pamyati) bo‘lsangiz, bu vaziyatda ushbu dastur sizga 95% aniqlikda, o‘chirib yuborilgan ma’lumotlaringizni qaytadan tiklay oladi. GT Recovery dasturi boshqa dasturlardan nimasi bilan ajralib turadi? Katta hajmdagi  FAT, EXT3, EXT4 formatli habarlarni osonlik bilan qayta tiklay oladi
- Qayta tiklanayotgan musiqa, rasm va videolarni bemalol oldingidek xolatida ko‘rish va eshitish mumkinligi
- O‘chirib yuborilgan fayllarni qidirish tezligi
- To‘la tushunarli, oddiy va xech qanday qo‘shimcha muammolarsiz ishlashi


Fridaysoft
Mazkur dastur barcha Android tizimidagi uyali aloqa vositalariga hamda planshetlarga mos keladi. Bu dastur nafaqat uyali aloqa vositalari balki SD kartalar, telefonning o‘zini xotirasidagi o‘chirib yuborilgan kerakli rasm va boshqa fayllarni qayta tiklaydi. Agar siz 1 oy oldin yoki undan ham avvalroq o‘z SD kartangizni to‘la o‘chirib tashlagan (formatirovat kartu pamyati)  bo‘lsangiz ham bu dastur uniqancha muddat bo‘lishidan qat’iy nazar 80-85% qayta tiklay oladi. Ko‘p xollarda SD kartasini bilmagan holatda to‘la o‘chirib tashlaganlar, SD kartalarini turli kompyuter dasturlarida o‘chirilgan fayllarni qayta tiklashga urinib ko‘rishadi. Endi siz bu kabi vaziyatlarda o‘z mobil qurilmangizga 100% ishonishingiz mumkin. Dasturdan foydalanib mavjud muammolaringizni bartaraf qiling. Dasturning umumiy hajmi juda kichik ya’ni: 2.4MB.     

 


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 8082 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: O‘chirib yuborilgan Ma’lumotlar, Tiklovchi dasturlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
bobir_jon Ha raxmat sizga admin bu ishingiz juda yaxshi boldi menham shunaqa pragrammani qidiryotgandim
Like | 0
raxmatovd1999 Katta raxmat admen wuni izlab yurudim B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное