Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

O‘tgan yilning mazmunan sayoz qo‘shiqlari reytingi
Bu reytingning birinchi pog‘onasi xonanda Kanizaga nasib etgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda xonandalar Umidaxon, Ruxshona, “Bojalar” guruhi va Munisa Rizayevalarni uchratasiz.
“Biz estrada san’atining bugungi va ertangi rivoji haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalambor “milliy estrada” degan iboraning ma’no-mazmuniga alohida e’tibor berishimiz, uni har qanday begona ta’sirdan, ayniqsa, “ommaviy madaniyat” ruhidagi oqimlar ta’siridan himoya qilishimiz tabiiy, albatta. Bu haqda gapirganda, bir holatni afsus bilan aytishga to‘g‘ri keladi. Ayrim yosh ijrochi va ijodiy guruhlarning jamoatchilik e’tiboriga taqdim etayotgan “asar”lari san’atning hech qanday talab va mezonlariga javob bermaydi. Nafaqat mavzu va musiqa, ijro usullari, balki sahna harakatlarida ham ochiqdan-ochiq ajnabiy “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlariga taqlid qilish, “yulduzlik” kasaliga chalinish holatlari tez-tez uchrab turayotgani chinakam san’at muxlislarini ranjitmasdan qolmaydi, albatta”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida keltirilgan yuqorida fikrlar bugungi kunga kelib ham o‘zining dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Internet foydalanuvchilari va tinglovchilarning fikr va mulohazalariga tayangan holda 2015 yilning eng mazmunan sayoz qo‘shiqlari reytingini tuzdik. Darvoqe, ro‘yxatda nomi zikr etilgan xonandalar va ularning muxlislari bu reytingni noxolislikda ayblaguncha, tanqidlardan to‘g‘ri xulosa chiqarishlarini maslahat bergan bo‘lardik.
 
10-o‘ringa o‘tgan yil davomida “Navo” telekanali orqali namoyish etilib, quloqni qomatga keltirishgacha yetib borgan xonanda Dilshod Alining “Yo‘q dema” nomli qo‘shig‘i loyiq ko‘rildi.
9-o‘rinni ustazoda san’atkor, xonanda va aktyor Aziz Rametov “Yoqasan” nomli qo‘shig‘i bilan band etdi.
8-o‘rinni yil boshidan “Vay-vay”ni kuylab shou-biznesdagi mavqeini tiklab olgan Jasur UmirovKabutarim nomli qo‘shig‘i bilan egallab turibdi. Balki shuning uchun ham bu qo‘shiq va unga ishlangan videoklip telekanallar badiiy kengashlaridan o‘tmagandir.
7-o‘rinBahriddin Zuhriddinovning jajji xonanda Muhammad Ziyo bilan kuylaganKatta xola nomli dueti garchi 2014 yil o‘rtalarida tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan bo‘lsa-da klip telekanallar orqali 2015 yil davomida tinmay berilganini inobatga olgan holda, o‘tgan yilning eng mazmunan sayoz qo‘shiqlari ro‘yxatiga kiritildi.
6-o‘rin yosh bo‘lishiga qaramay xonanda Aliboboning Qosh nomli qo‘shig‘iga nasib etdi. Bu xonanda 2016 yildagi ijodida jiddiy mavzularga murojaat qilib, bachkana qo‘shiqlardan qochadi degan umiddamiz.
5-o‘rinni “Nihol” mukofoti sovrindori UmidaxonSerial nomli qo‘shig‘i bilan egallab turibdi.
4-o‘rin. Xonanda Ruxshonaning Shekilli nomli qo‘shig‘ini bachkana desak, unga ishlangan videoklip ham qo‘shiqdan qolishmas ekan.
3-o‘rin. Xonanda Munisa Rizayevaning bu yilning eng to‘ybop va sho‘x qo‘shiqlaridan sanalgan Sakramento taronasi ham mazkur ro‘yxatdan o‘rin oldi.
2-o‘ringa Bojalar guruhi Botir bola nomli qo‘shig‘i bilan loyiq deb topildi.
1-o‘ringa birvarakayiga ikkita qo‘shig‘i – Hojamu va Go‘zal bilan “Nihol” mukofoti sovrindori Kaniza da’vogarlik qilmoqda.
Sizningcha, o‘zbek shou-biznesida yaratilgan yana qaysi qo‘shiqlar mazmunan sayoz? Fikr va mulohazalaringizni izohlarda yo‘llang.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7883 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: 2015-yil reytingi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Mankunianlik ummon, woxruxxon, wahzoda i ulugbek rahmatullayevdan tawqari qogan hammasi br tyin
Like | 0
$t@r ozi ummoni 1 oringa qoyiw keredi dabdala awla etadi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное